Kontent qismiga oʻtish

Cemalnur Sargut

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Jemalnur Sargut
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi 3-noyabr 1953-yil (1953-11-03) (72 yosh)
Dini Islom
Millati Turk
Ota-onasi
  • Omer Faruk Sargut (otasi)
  • Meshkure Sargut (onasi)
Mazhab Sunniy
Yurisprudensiya Hanafiy
Imom Moturidiy
Asosiy qiziqish(lar)i Islom falsafasi, Tasavvuf
Tariqat Rifoʼiy

Cemalnur Sargut (1952-yil 3-noyabrda tugʻilgan) – turk soʻfiy, Rifoʼiy tariqati rahbari, yozuvchi va islom olimi[1][2][3][4][5][6].

Cemalnur Sargut 1952-yil 3-noyabrda Istanbulda Meshkure Sargut va Omer Faruk Sargut oilasida tugʻilgan[7]. Sargutning onasi turk soʻfiy piri Kenan Rifaiyning shogirdi edi[1]. U Kadikoy qizlar oʻrta maktabida oʻqigan va Istanbuldagi Milliy arxitektura va muhandislik akademiyasida kimyo muhandisligi boʻyicha tahsil olgan. Yoshligida Sargut soʻfiy orifi va yozuvchi Samiha Ayverdiyning shogirdi boʻlgan[1]. U yigirma yil davomida kimyo oʻqituvchisi boʻlib ishlagan[7].

Sargut, garchi u bilan shaxsan uchrashmagan boʻlsa-da, Kenan Rifoiy ijodi boʻyicha olim hisoblanadi[1]. U Ibn Arabiy, Misriy Niyoziy, Abu Bakr ash-Shibliy, Sadriddin Qunaviy, Abd al-Karim al-Jiliy, Ahmad ar-Rifoiy va Rumiy asarlarini oʻrgangan[7]. Sargut diniy yetakchi sifatida faol boʻlib, televideniyega chiqadi va Turkiya radiosida efirga uzatiladigan vaʼzlarni qiladi[1]. Uning suhbatlari shogirdlari tomonidan toʻplangan va 2012-yilda Nefes nashriyoti tomonidan Dinle (Tingla) nomi bilan chop etilgan. Bu asar ingliz tiliga tarjima qilinib, Fons Vitae nashriyoti tomonidan Beauty and Light: Mystical Discourses by a Contemporary Female Sufi Master (Goʻzallik va nur: zamonaviy ayol soʻfiy ustozining maʼrifiy suhbatlari) nomi bilan nashr etilgan[1].

Sargut Turkiya Ayollar Madaniyat Assotsiatsiyasi (TÜRKKAD)ning Istanbul boʻlimi rahbaridir, mazkur tashkilot turk madaniyatini, anʼanaviy turk sanʼat shakllarini targʻib qiladi va kam taʼminlangan talabalarga taʼlim boʻyicha yordam koʻrsatadi[8]. TÜRKKAD 1966-yilda Samiha Ayverdiy tomonidan islomiy tashkilotlar, maktablar va xonaqohlarga davlat tomonidan bosim kuchayishi natijasida nodavlat notijorat tashkilotlar jonlanishi davrida tashkil etilgan[1]. Turkiyada tasavvuf tariqatlari va amaliyotlari 1925-yilda Otaturkchilik mafkurasi doirasida taqiqlanib, soʻfiylar yashirin faoliyat yuritishga majbur boʻlgan[9].

Sargut islom va tasavvuf haqida oʻnlab kitoblar muallifidir[1]. U va uning tashkiloti 2009-yilda Shimoliy Karolina universitetida Kenan Rifoiy nomidagi Islom tadqiqotlari professurasini taʼsis etishdi[1][10]. Shuningdek, ular Pekin universitetida (Pekin, Xitoy) kafedra homiyligiga ham hissa qoʻshganlar[1]. Ular Kioto universiteti qoshida Kenan Rifoiy tasavvuf tadqiqotlari markazini tashkil etishda yordam berganlar[1][11].

  • Mulk surasi
  • Allohimga safarga chiqdim
  • Kenan Rifoiy bilan ishqqa sayohat
  • Tingla
  • Ishqdan tingla
  • Ey inson (Yosin surasi sharhi)
  • Baqara (Baqara surasi ilk 10 oyatning sharhi)
  • Baqara II (Baqara surasi 11–29 oraligʻidagi oyatlarning sharhi)
  • Baqara III (Insoni komilning haqiqat

i)

  • Hazrati Odam (Fususu-l-hikam sharhi)
  • Hazrati Shis (Fususu-l-hikam sharhi)
  • Hazrati Nuh (Fususu-l-hikam sharhi)
  • Hazrati Idris (Fususu-l-hikam sharhi)
  • Samiha Ayverdi bilan sirga sayohat
  • Paygʻambarga suyuk boʻlgan ayol
  • Kaʼbaning haqiqat

i

  • Usmonli sultonlarida Paygʻambar muhabbati
  • Jon-u jondir Hazrati Ahmad Muhammad Mustafo
  • Hazrati Maryam – yaratilish siri (Maryam surasi 1–15 oraligʻidagi oyatlarning sharhi)
  • Suhbatlar
  • Oyat al-Kursiy
  • Paygʻambar muhabbati
  • Yaratilish siri

Ingliz tilidagi asarlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Beauty and Light: Mystical Discourses by a Contemporary Female Sufi Master, tarjimondlar: Canguzel Zulfikar, Omer Cholaqogʻlu va Nazli Kayahan, tahrirchi: Tehseen Thaver
  • O Humankind: Surah Ya-Sin, tarjima qilgan Viktoriya Rouv Holbruk
  1. 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 1,10 Sargut, Cemalnur. Beauty and Light: Mystical Discourses of A Contemporary Female Sufi Master (English). Fons Vitae, 2018. ISBN 978-1941610060. 
  2. Howe, Justine. The Routledge Handbook of Islam and Gender (English). Routledge, 2020. ISBN 9781351256544. 
  3. „Cemalnur Sargut kimdir?“ (tr). Hürriyet (2019-yil 15-may). Qaraldi: 2021-yil 30-oktyabr.
  4. „Poetry and worship with Sara Saleh, and Turkish Sufi Cemalnur Sargut“. ABC Radio National (2003-yil 10-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 30-oktyabr.
  5. „Buket Aydın a konuşan Cemalnur Sargut uyardı – Güncel Haberler, Son Dakika Haberleri, Turktime Haber Portalı“ (tr). Turktime. Qaraldi: 2021-yil 30-oktyabr.
  6. „Sargut: Mesnevi Kuran'ın özetidir“ (tr). CNN Türk (2017-yil 4-iyun). Qaraldi: 2021-yil 30-oktyabr.
  7. 7,0 7,1 7,2 „Cemalnur Sargut | WISE Muslim Women Cemalnur Sargut“. WISE Muslim Women (2011-yil 31-may). Qaraldi: 2021-yil 23-oktyabr.
  8. Moosa, Ebrahim; Kennedy, Jeffrey T.. Islam in the Modern World (English). Taylor & Francis, 2013. ISBN 9781135007959. 
  9. „Sufism in Turkey“ (en). rpl.hds.harvard.edu. 2021-yil 23-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 23-oktyabr.
  10. „UNC Launches Campaign for Distinguished Professorship in Islamic Studies“ (en-US). UNC Global. 2021-yil 23-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 23-oktyabr.
  11. „Kenan Rifai Center for Sufi Studies“ (en-US). Kenan Rifai Center for Sufi Studies. Qaraldi: 2021-yil 23-oktyabr.