Cassoeula

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kassyola[1][2] (italyancha: cassœula) — Italiyaning shimolida, asosan, Lombardiyada mashhur taom. Odatda, qishda tayyorlanadi. U „kuchli, keskin“ taʼmga ega. Bu taom dirijyor Arturo Toskaninining sevimli taomi edi[3]. Yozuvchilardan biri uni „qadimiy Milanning muqaddas taomi“ deb ataydi va „ayniqsa, qish kunida jon bagʻishlaydigan taʼriflab boʻlmas lazzat“ haqida gapiradi[4].

Kelib chiqishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bir versiyaga koʻra, taomning kelib chiqishi avliyo Antoniy kunini nishonlash (17-yanvar) bilan bogʻliq. Bayram choʻchqa soʻyish paytining oxiriga toʻgʻri keladi[5][6]. Shuning uchun taomda, odatda, hayvon tanasining darhol isteʼmolga tayyor boʻlgan qismlarigina ishlatiladi. Goʻshtning eng yaxshi boʻlaklari taʼmi yaxshilanishi uchun bir muddat qoldiriladi.

Boshqa versiyaga koʻra, taomning paydo boʻlishi Ispaniya Milanni boshqargan XVI-asr voqealari bilan bogʻliq. Ushbu versiyaga koʻra, ispan armiyasi zobiti milanlik aslzoda oilaga ovqat pishirgan sevimli ayoliga retseptni aytib beradi. Oila aʼzolariga taom manzur boʻladi va ommalashib ketadi.

Ingrediyentlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ovqatga choʻchqa goʻshti odatda qovurgʻasi, terisi, boshi, quloqlari,[7][8] tumshugʻi va dumi kabi eng arzon qismlari, kolbasa[8], baʼzan tovuq yoki gʻoz goʻshti qoʻshiladi. Idish casserole deb ataladigan kastrulkada pishiriladi hamda piyoz, sabzi, selderey va qora murch ishlatiladi. Ovqat 3 soat davomida pishiriladi va pishirish tugashidan 30 daqiqa oldin karam solinadi.

Kassyola, odatda, polenta yoki kuchli qizil vino bilan dasturxonga tortiladi. Karami yumshoqroq va mazaliroq boʻlishi uchun sovitilgandan keyin taomni isteʼmol qilish anʼanasi bor.

Taomning boshqa variantlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kassyolaning koʻplab variantlari uchraydi, lekin ularning barchasida karam bor. Masalan, Komo provinsiyasida choʻchqa kallasi ishlatiladi; Pavia provinsiyasida — qovurgʻasi; Novara provinsiyasida gʻoz qoʻshiladi.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Что попробовать в Милане? |“ (ru). La Tua Italia. 2019-yil 9-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 9-fevral.
  2. Смелянский Александр. „Паста — и баста“. newtimes.ru. 2019-yil 9-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 9-fevral.
  3. „Flavours and Tastes - Cassoeula“ (en). Portale per il Turismo del Comune di Milano. 2019-yil 9-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 9-fevral.
  4. Paolo Piazzesi. Cucina Italiana. Ediz. Inglese. Casa Editrice Bonechi, 2007. ISBN 9788847621114.  ( at books.google.ru Error: unknown archive URL 20190209180412 sanasida arxivlangan)
  5. „LifeInItaly: Casseoula“ (deadlink). Live in Italy. 2013-yil 24-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 9-fevral. (Wayback Machine saytida 2013-07-24 sanasida arxivlangan)
  6. „Travel Guides - Cassoeula“ (deadlink). 2014-yil 24-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 9-fevral. (Wayback Machine saytida 2014-05-24 sanasida arxivlangan)
  7. Parasecoli, Fabio.. Food culture in Italy. Westport, Conn.: Greenwood Press, 2004. ISBN 0313327262, 9780313327261. 
  8. 8,0 8,1 V. Villani. Il ruolo della scuola per un’alfabetizzazione matematica di base // Un mondo di idee. — Milano: Springer Milan, 2011. — Andoza:Бсокр. — ISBN 9788847017436, 9788847017443.