Carpe diem

Carpe diem (/ˌkɑːr.peɪˈdi.əm/ (
tinglang)) – lotincha aforizm boʻlib, „lahzani tut“ deb tarjima qilinadi. Bu ibora Rim shoiri Goratsiyning miloddan avvalgi 23-yilda yozilgan „Odes“ asarining 1-kitobidan olingan.
Tarjimasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Carpe – Carpe – Buyruq maylidagi hozirgi zamon feʼlining ikkinchi shaxs birlik shaklidir. Bu feʼl „uzmoq“ yoki „termoq“ maʼnolariga ega. Goratsiy bu soʻzni „bahra olmoq, foydalanmoq“ maʼnosida ishlatgan[1]. Diem esa „dies“ („kun“) soʻzining tuslangan shaklidir. „Carpe diem“ iborasining soʻzma-soʻz tarjimasi „bugungi kunni boy berma“ degan maʼnoni anglatadi. Yaʼni hozirgi lahzadan zavq olish, undan foydalanish kerakligi uqtiriladi. Ayrim tadqiqotchilar aynan shu talqin Goratsiy ishlatgan maʼnoga eng yaqin ekanini taʼkidlagan[2]. Saint Joseph universiteti professori va lotinshunos olima Mariya S. Marsilioning taʼkidlashicha, „carpe diem“ aslida horticultural metaforasi hisoblanadi. Ayniqsa, ushbu ibora sheʼr kontekstidan olinayotganda, „kunni uzish“ deb tarjima qilinsa, ifoda pishib yetilgan mevalar yoki gullarni uzishni, toʻplashni esga soladi. Yaʼni, tabiat bilan bogʻliq hissiy kechinmaga asoslangan holda ayni lahzadan zavqlanishdir[3].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Odesdan parcha:
"Tu ne quaesieris, scire nefas, quem mihi, quem tibi
finem di dederint, Leuconoe, nec Babylonios
temptaris numeros. ut melius, quidquid erit, pati.
seu pluris hiemes seu tribuit Iuppiter ultimam,
quae nunc oppositis debilitat pumicibus mare
Tyrrhenum. Sapias, vina liques et spatio brevi
spem longam reseces. dum loquimur, fugerit invida
aetas: carpe diem, quam minimum credula postero."
Qadimgi adabiyotda
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu gʻoyaning ilk yozma ifodasi, Mesopotamiya mifologiyasida Sidurining Gilgameshga bergan maslahatidir. Unda Siduri Gilgameshni motamni tark etib, hayotni qabul qilishga undaydi. Biroq baʼzi olimlarning fikricha, bu nasihat faqat Gilgameshni motamdan voz kechishga chaqiradi, yaʼni motamga oid marosimlarni tark etib, Mesopotamiya jamiyatining odatiy va meʼyoriy hayot tarziga qaytishni anglatadi[4][5].
Maʼnosi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Goratsiyning asarida bu ibora toʻliq "carpe diem, quam minimum credula postero" shaklida uchraydi. Bu „lahzani tut, ertangi kunga esa imkon qadar kamroq ishon“ deb tarjima qilinadi. Odada aytilishicha kelajak noaniq va oldindan aytib boʻlmaydigan hodisalarga toʻla. Inson esa kelajakdagi voqealarni tasodiflarga qoldirmasligi, balki kelajagini yaxshilash uchun bugun imkon qadar koʻproq harakat qilishi kerakligi uqtiriladi. Ushbu ibora Goratsiyning epikuriycha dunyoqarashi nuqtai nazaridan izohlanadi.
Aloqador iboralar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
"Collige, virgo, rosas" („Ter, qiz, atirgullarni“) iborasi „De rosis nascentibus“ („Gullayotgan atirgullar haqida“) nomli sheʼrning oxirida uchraydi[6]. Bu asar Ausonius yoki Vergiliyga mansub deb hisoblanadi. Ushbu ibora yoshlarni hayotdan zavqlanishga, kech boʻlmasdan oldin goʻzallik va lahzani qadrlashga undaydi.Robert Herrickning 1648-yilda yozilgan „To the Virgins, to Make Much of Time“ nomli sheʼridagi „Gather ye rosebuds while ye may“ („Gulchambarlaringni imkon borida toʻpla“) misrasi bilan taqqoslash mumkin.
„De Brevitate Vitae“ („Hayotning qisqaligi haqida“), „Gaudeamus igitur“ („Keling, quvonaylik“) nomi bilan mashhur, talabalik hayotidan zavqlanishga undovchi mashhur akademik qoʻshiqdir. Unda inson bir kun kelib vafot etishi muqarrarligi eslatiladi. Ushbu qoʻshiq oʻrta asrlar lotin tilida yozilgan boʻlib, 1287-yilga toʻgʻri keladi.
„Carpe diem“ iborasiga maʼno jihatdan yaqin boʻlsa-da, mazmunan farqli boʻlgan boshqa bir ibora – memento mori (oʻlishingni esla) ham mavjud. Horatsiy oʻz oʻlimimiz haqida xabardor boʻlishni aynan lahza muhimligini anglashda asosiy omil deb bilgan. „Oʻlimga mahkumligingni esla va bugungi kunni qoʻldan boy berma.“ Vaqt oʻtishi bilan memento mori iborasi koʻplab vanitas rasmlarida keltirilgandek, tavba qilish bilan bogʻliq boʻlib qoldi. Bugungi kunda koʻpchilik ushbu ikki iborani qarama-qarshi maʼnoga ega deb qabul qiladi: carpe diem hayotdan zavqlanishni, memento mori esa uning jozibasiga qarshi turish kerakligi uqtiradi. Aslida esa, Horatsiy tomonidan ishlatilgan memento mori iborasining ilk maʼnosi bu emas edi.
Ommaviy madaniyatga taʼsiri
[tahrir | manbasini tahrirlash]Zamonaviy ingliz tilida keng tarqalgan „YOLO“ („you only live once“ – yaʼni „sen faqat bir marta yashaysan“) iborasi ham shu kabi mazmunga ega[7][8].
1989-yilda suratga olingan amerikaning „O‘lik shoirlar jamiyati“ filmida aktyor Robin Williams tomonidan ijro etilgan ingliz tili oʻqituvchisi Jon Kiting shunday soʻzlarni aytadi: „Carpe diem. Yigitlar! bugungi kunni boy bermang. Oʻzgacha yashang.“ Keyinchalik ushbu iqtibos American Film Instituteining eng yaxshi 100 ta kino iboralari roʻyxatida 95-oʻrinni egallagan[9].
Animal Crossing videooʻyinlar turkumida baliq tutish jarayonida ushbu iboraga ishora qiluvchi xabarlarni koʻrish mumkin. Animal Crossing hamda Animal Crossing: Wild World oʻyinlarida Crucian carp baliqini tutgan paytda „Men crucian karp tutdim! Carpe diem!“ degan xabar chiqadi[10].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Lewis, Charlton T. „carpō“, . An Elementary Latin Dictionary. New York, Cincinnati, and Chicago: American Book Company, 1890.
- ↑ „How 'Carpe Diem' Got Lost in Translation“ by Chi Luu, JStor Daily, 7 August 2019.
- ↑ Luu, Chi „How "Carpe Diem" Got Lost in Translation“ (en-US). JSTOR Daily (2019-yil 7-avgust). Qaraldi: 2023-yil 27-aprel.
- ↑ Ackerman, Susan. When Heroes Love: The Ambiguity of Eros in the Stories of Gilgamesh and David. Columbia University Press, 2005 — 130–131-bet. ISBN 978-0231132602.
- ↑ Perdue, Leo G.. Scribes, Sages, and Seers: The Sage in the Eastern Mediterranean World: The Sage in the Mediterranean World. Vandenhoeck & Ruprecht, 2009 — 57-bet. ISBN 978-3525530832.
- ↑ „De rosis nascentibus“ (Wayback Machine saytida 2007-08-11 sanasida arxivlangan) in a collection of the works of Virgil under the note Hoc carmen scripsit poeta ignotus (This poem was written by an unknown poet); Andoza:Interlanguage link, Augsburg University of Applied Sciences
- ↑ „Carpe Diem! How the philosophy of 'seize the day' was hijacked“. iNews (2017-yil 18-aprel). Qaraldi: 2018-yil 17-mart.
- ↑ „YOLO | Definition of YOLO in English by Oxford Dictionaries“. Oxford Dictionaries | English. 2016-yil 2-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 17-mart.
- ↑ „AFI's 100 Years...100 Movie Quotes“. American Film Institute. Qaraldi: 2015-yil 25-mart.
- ↑ „Crucian carp“ (en). Nookipedia (2023-yil 18-dekabr). Qaraldi: 2024-yil 18-mart.