Carles Coto
|
| |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Carles Coto Pagès | ||
| Tavallud sanasi | 1988-yil 11-fevral | ||
| Tavallud joyi | Figueres, Ispaniya | ||
| Boʻyi | 1.73 m (5 ft 8 in) | ||
| Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| Figueres | |||
| 2001-2007 | Barselona | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2007–2008 | Mouscron | 20 | (2) |
| 2008–2009 | Sevilla Atlético | 20 | (0) |
| 2009–2010 | Benidorm | 31 | (0) |
| 2010–2011 | Anorthosis Famagusta | 18 | (1) |
| 2011–2013 | Dinamo Tbilisi | 44 | (6) |
| 2013 | Dinamo Minsk | 6 | (1) |
| 2014 | Bunyodkor | 5 | (0) |
| 2014–2015 | San Marino | 22 | (2) |
| 2015–2016 | Ethnikos Achna | 35 | (6) |
| 2016 | Doxa Katokopias | 8 | (1) |
| 2017 | Ermis Aradippou | 16 | (0) |
| 2017–2018 | Rayo Majadahonda | 32 | (6) |
| 2018–2019 | Volos | 24 | (0) |
| 2019–2021 | Figueres | 24 | (0) |
| 2021–2023 | FC Santa Coloma | 46 | (8) |
| 2023–2024 | Roda | 32 | (0) |
| Total | 385 | (32) | |
| Milliy terma jamoa | |||
| 2004 | Ispaniya U-16 | 4 | (0) |
| 2007 | Ispaniya U-19 | 6 | (0) |
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) | |||
Carles Coto Pagès (1988-yil 11-fevralda tugʻilgan) — ispaniyalik sobiq professional futbolchi, oʻng qanot hujumchisi (vinger) sifatida oʻynagan.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kublardagi karyerasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kataloniyaning Jirona provinsiyasidagi Figeras shahrida tugʻilgan Coto 2001-yili 13 yoshida mahalliy „Figeras“ klubidan „Barselona“ akademiyasiga kelib qoʻshiladi. „Barselona“ safida u 2005-yilda Nike kompaniyasining „Recuerda mi nombre“ („Mening ismimni eslab qol“) nomli reklama roligida „La Masia“ning yana bir umidli tarbiyalanuvchisi Lionel Messi bilan birga suratga tushgan[1]. Shundan soʻng u Belgiyaning „Muskron“ klubiga oʻtadi va bir mavsumdan keyin jamoani tark etadi.
Coto 2008-yil yozida oʻz vataniga qaytib, Segunda Divizionida „Sevilya Atletiko“ va Segunda B Divizionida „Benidorm“ safida toʻp suradi hamda birinchi jamoa bilan quyi ligaga tushib ketadi. 2010-yil iyul oyi boshida, Valensiya jamoasi bilan shartnomasi yakunlanishiga hali bir yil qolganiga qaramay, u yana klubi va mamlakatini oʻzgartiradi hamda Kiprning „Anorthosis Famagusta“ jamoasi bilan shartnoma imzolaydi. Bu jamoani uning „Barselona“ yoshlar jamoasidagi sobiq murabbiyi Guillermo Ángel Hoyos boshqarardi[2].
2011-yilning 28-iyunida Coto Gruziyaning „Dinamo Tbilisi“ klubi safiga qoʻshilgan va u yerda bir nechta hamyurtlari bilan bir jamoada toʻp surgan[3]. 2014-yil fevral oyida Oʻzbekiston Oliy ligasining „Bunyodkor“ jamoasi bilan shartnoma imzolagan,[4][5] ammo iyul oyida klubni tark etib,[6] koʻp oʻtmay Lega Proda ishtirok etuvchi „San-Marino Calcio“ bilan bir yillik shartnomaga rozi boʻlgan[7].
2017-yil 29-avgust kuni 29 yoshli Coto Kiprning „Ethnikos Achna“, „Doxa Katokopias“ va „Ermis Aradippou“ klublaridagi qisqa muddatli faoliyatidan soʻng „Rayo Majadahonda“ klubi bilan shartnoma imzolab, Ispaniyaga qaytgan[8].
Terma jamoadagi karyerasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Carles Coto Ispaniyaning oʻsmirlar va yoshlar terma jamoasida oʻynagan. 2004-yilda oʻsmirlar terma jamoasida 4 ta oʻyin oʻtkazib 1 ta gol urgan. 2007-yilda esa 19 yoshgacha boʻlgan Yevropa Chempionatida Ispaniya terma jamoasi safida Chempionlikni qoʻlga kiritdi. Karles Koto yoshlar terma jamoasida 6 ta oʻyin oʻtkazgan.
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Dinamo Tbilisi
- Gruziya Oliy ligasi gʻolibi: 2012–13
- Bunyodkor
- Oʻzbekiston Superkubogi gʻolibi: 2014
- Ispaniya U19
- UEFA 19 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati gʻolibi: 2007
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Rare 2005 Nike Commercial Featuring Messi Shows How Life's A Cruel Mistress“. The18. 2021-yil 28-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 28-aprel.
- ↑ Carles Coto abandona el Benidorm y ficha por el Anorthosis chipriota (Carles Coto leaves Benidorm and signs for Anorthosis from Cyprus); Diario Información, 2 July 2010 (in Spanish)
- ↑ El Dinamo Tbilisi georgiano ficha a 'Xiscoʻ Muñoz, Coto y Yagüe (Georgiaʼs Dinamo Tbilisi signs 'Xiscoʻ Muñoz, Coto and Yagüe) (Wayback Machine saytida 26 February 2014 sanasida arxivlangan); Terra, 28 June 2011 (in Spanish)
- ↑ „ru:Знакомьтесь, новый футболист "Бунёдкора": Карлес Кото“ [Meet the new Bunyodkor footballer: Carles Coto] (Russian). Championat Asia (2014-yil 17-fevral). Qaraldi: 2014-yil 12-aprel.
- ↑ Кото возвращается домой, 2013-12-11da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2014-04-07
- ↑ „Carles Coto nuovo giocatore del San Marino Calcio“ [Carles Coto new San Marino Calcio player] (Italian). San Marino Calcio (2014-yil 31-iyul). Qaraldi: 2014-yil 1-avgust.
- ↑ „Bunyodkor and Koto part their ways“. UZ Daily (2014-yil 20-iyul). Qaraldi: 2014-yil 25-iyul.
- ↑ „Fichajes: Portuga (Cerceda), Carles Coto (Rayo Majadahonda) y Oscar Mena (Luján)“ [Transfers: Portuga (Cerceda), Carles Coto (Rayo Majadahonda) and Oscar Mena (Luján)] (Spanish). Marca Goles (2017-yil 29-avgust). 2017-yil 27-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 26-oktyabr.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Carles Coto BDFutbol saytida
- Carles Coto LaPreferente.com saytida (ispancha)
| Vikipediyada «Sport» loyihasi bor |
- 11-fevralda tugʻilganlar
- 1988-yilda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Alifbo boʻyicha futbolchilar
- Ispaniyalik erkak futbolchilar
- Royal Excel Mouscron futbolchilari
- Sevilla Atlético futbolchilari
- Benidorm CF futbolchilari
- Anorthosis Famagusta FC futbolchilari
- FC Dinamo Tbilisi futbolchilari
- FC Dinamo Minsk futbolchilari
- San Marino Calcio futbolchilari
- Ethnikos Achna FC futbolchilari
- Doxa Katokopias FC futbolchilari
- Ermis Aradippou FC futbolchilari
- CF Rayo Majadahonda futbolchilari
- Volos F.C. futbolchilari
- UE Figueres futbolchilari
- FC Santa Coloma futbolchilari
- Bunyodkor klubi futbolchilari
- Segunda División futbolchilari
- Segunda División B oʻyinchilari
- Belgiya Pro-ligasi futbolchilari
- Kipr birinchi dvizioni futbolchilari
- Erovnuli Liga futbolchilari
- Serie C futbolchilari
- Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari
- Ispaniyalik muhojir erkak futbolchilar
- Oʻzbekistondagi muhojir erkak futbolchilar
- Belgiyadagi muhojir erkak futbolchilar
- Gretsiyadagi muhojir erkak futbolchilar
- Gruziyadagi muhojir erkak futbolchilar
- Belarusdagi muhojir erkak futbolchilar
- Italiyadagi muhojir erkak futbolchilar
- Kiprdagi muhojir erkak futbolchilar
- San Marinodagi muhojir erkak futbolchilar
- Andorradagi muhojir erkak futbolchilar