Capitalism: A Very Short Introduction
| Muallif(lar) | James Fulcher |
|---|---|
| Til | inglizcha |
| Nashr etilgan sanasi | 2004 |
| Nashriyot | Oksford universiteti nashriyoti |
| Sahifalar soni | 139 |
| ISBN | ISBN 978-0-19-280218-7 |
„Capitalism: A Very Short Introduction“ (tarjimasi „Kapitalizm: Qisqacha kirish“) – britaniyalik sotsiolog James Fulcher yozgan asar. Ilk bor 2004-yil Oksford universiteti nashriyotida chop etilgan. 2015-yil ayni nashriyotda toʻldirilgan ikkinchi nashriyoti chop etilgan. Kapitalizmning qisqacha tarixini bayonlovchi asar Oksford universitetining „Very Short Introductions“ kitoblar seriyasi doirasida yozilgan.
Kitobda Fulcher bir necha mamlakat, shirkat va shaxs misolida kapitalizm tarixidagi muhim hodisalarni bayon qiladi. Xususan, muallif AQSH, Yaponiya va Shvetsiya iqtisodiyotlarini qiyoslab, globallashuv haqidagi qarashlarga qaramay, kapitalizm turli mamlakatlarda turli shaklda degan fikrni ilgari suradi[1].
Taqrizi
[tahrir | manbasini tahrirlash]„Managerial Auditing Journal“ jurnali muharriri Gerald Vinten kitobga yozgan taqrizida uni ijobiy baholab, „1995 yilda boshlangan, 200 dan ortiq jild hozirlangan [kitob] turkumiga munosib qoʻshimcha“ deya taʼkidlagan[1]. Shuningdek, kitob qisqa boʻlishiga qaramay, mukammal yozilgani olqishlangan[2].
Tarjimalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kitob dastlab tay tiliga tarjima qilingan[2]. 2024-yil Oʻzbekiston Yoshlar ishlari agentligi yoʻlga qoʻygan „1000 kitob“ loyihasi doirasida oʻzbek tiliga oʻgirilgan boʻlib, 2025-yil bosilib chiqishi rejalashtirilgan. Asarni Sardor Salim oʻzbek tiliga oʻgirgan. Shuningdek, loyiha doirasida muharrirlik Abdulla Sharopovga, asar uchun ekspertlik hamda muharrirlik vazifasi Nodir Atayevga topshirilgan[3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 Vinten, Gerald (1-fevral 2005-yil). „Capitalism: A Very Short Introduction“. Managerial Auditing Journal (inglizcha). 20-jild, № 2. 209–210-bet. doi:10.1108/02686900510574629.
{{cite magazine}}: CS1 maint: date format () - ↑ 2,0 2,1 ธนากิจบริสทธุ, ยทธภ ุ มู ิ (2016). „Capitalism: A Very Short Introduction by James Fulcher“. SSRU Journal of Management Science (taycha). 3-jild, № 2. Qaraldi: 6-yanvar 2025-yil.
{{cite magazine}}: CS1 maint: date format () CS1 maint: unrecognized language () - ↑ „1000 kitob loyihasi uchun menejerlar ishga olinishi e’lon qilindi“ (15 yanvar 2025). Qaraldi: 2025-yil 27-yanvar.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Kitobga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |