Kontent qismiga oʻtish

Capernaum (film)

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Capernaum
Rejissyor(lar) Nadine Labaki
Prodyuser(lar)
Ssenariynavis(lar)
  • Nadine Labaki
  • Jihad Hojaily
  • Michelle Keserwany
Hikoya
  • Georges Khabbaz
  • Nadine Labaki
  • Michelle Keserwany
  • Jihad Hojaily
  • Khaled Mouzanar
Rollarda
  • Zain Al Rafeea
  • Yordanos Shiferaw
  • Boluwatife Treasure Bankole
  • Kawthar Al Haddad
  • Fadi Kamel Youssef
  • Nour el Husseini
  • Alaa Chouchnieh
  • Cedra Izam
  • Nadine Labaki
  • Joseph Jimbazian
  • Farah Hasno
Bastakor(lar) Khaled Mouzanar
Kinematografiya Christopher Aoun
Muharrir(lar)
  • Konstantin Bock
  • Laure Gardette
Studiya(lar) Mooz Films
Distribyutor Sony Pictures Classics[1]
Chiqarilgan sanasi
Davomiyligi 126 daqiqa[2]
Mamlakat Livan bayrogʻi Livan
Til Levant arabchasi
Byudjeti $4 million
Daromadi $68,6 million[3]

„Capernaum“ — 2018-yilda chiqarilgan Livan drama filmi. RejissyoriNadine Labaki, prodyuseriKhaled Mouzanar. Ssenariy Labaki, Hojaily, Keserwany, Georges Khabbaz va Khaled Mouzanar hikoyasi asosida Labaki, Jihad Hojaily va Michelle Keserwany tomonidan yozilgan. Suriyalik qochqin bola Zain Al Rafeea Bayrut xarobalarida yashovchi 12 yoshli Zain El Hajj rolini oʻynagan. Film voqealari oʻtgan voqealarni eslash tarzida yoritilgan. Unda Zainning hayoti, jumladan, efiopiyalik musofir ayol Rahil va uning chaqaloq oʻgʻli Yonas bilan uchrashgani, ota-onasini farzandiga eʼtiborsizlik qilganligi uchun sudga berishga urinishi tasvirlangan.

Filmning ilk namoyishi 2018-yilgi Cannes kinofestivalida boʻlib oʻtgan. Festivalda „Palme d'Or“ mukofotiga da’vogarlik qilish uchun tanlab olingan[4][5] va Jury Prize mukofotini qoʻlga kiritgan[6]. „Capernaum“ 2018-yil 17-may kuni kinofestivaldagi premyerasidan soʻng tomoshabinlarning 15 daqiqalik olqishlariga sazovor boʻlgan[7]. Sony Pictures Classics kompaniyasi filmning Shimoliy va Lotin Amerikasi hamda Janubiy Afrikadagi tarqatish huquqlarini sotib olgan, xalqaro tarqatish huquqlari esa Wild Bunch kompaniyasida qolgan[8][9]. Film 2018-yil 20-sentyabrdan keng ommaga namoyish etila boshlangan.

„Capernaum“ tanqidchilar tomonidan iliq kutib olingan. Ayniqsa, Labakining rejissyorlik ishi, Al Rafeea ijrosi va filmning hujjatli filmdek haqiqatga yaqinligi eʼtirof etilgan[10]. The New York Times nashrida Manohla Dargis va A. O. Scott uni 2018-yilning eng yaxshi filmlaridan biri deb baholagan[11]. Film Oscar mukofotining „Eng yaxshi xorijiy film“ nominatsiyasi uchun nomzodlik qilgan[12].

„Capernaum“ hozirgacha eng yuqori daromad keltirgan arab va Oʻrta Sharq filmi hisoblanadi. Suratga olish uchun ketgan umumiy xarajat 4 million dollar, film esa butun dunyo boʻylab 68 million dollardan koʻproq daromad olib kelgan. Eng katta daromad Xitoydan boʻlib, u yerda 54 million dollardan ortiq mablagʻ toʻplagan.

Voqealar rivoji

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bayrutning xaroba mahallasida yashovchi 12 yoshli Zain El Hajj uni „itvachcha“ deb ataydigan odamni pichoqlagani sababli Roumieh qamoqxonasida besh yillik qamoq jazosini oʻtamoqda. Zain ham, ota-onasi ham uning aniq tugʻilgan sanasini bilishmaydi, chunki ular hech qachon rasmiy tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma olmaganlar. Jazoni oʻtash davrida, Zain ota-onasi — onasi Souad va otasi Selimga qarshi sudga ariza beradi. Sudya undan nega ota-onasini sudga bergani haqida so‘raganida, Zain „Hayot berishgani uchun“ deb javob beradi. Ayni paytda Livan hukumati bir guruh mehnat muhojirlarini, jumladan Rahil ismli yosh efiopiyalik ayolning ishini koʻrib chiqayotgan boʻladi.

Soʻng hikoya Zainning qamoqqa olinishidan bir necha oy oldingi voqeaga koʻchadi. Zain ota-onasi bilan yashaydi va kamida 7 ta uka-singillariga qarab yuradi. Ular maktabga borish oʻrniga turli yoʻllar bilan tirikchilik uchun pul topishadi. Zain tramadol tabletkalarini sotib olish uchun soxta tashxis qogʻozlaridan foydalanadi. Ular dorini kukun holiga keltirib, uni kiyimlarga singdirishadi va ukasi ularni qamoqxonadagi giyohvandlarga sotadi. Zain, shuningdek, oilasi yashayotgan uyning ijarachisi, mahalliy doʻkon egasi Assadning doʻkonida yetkazib beruvchi boʻlib ishlaydi.

Luna Park

Zain 11 yoshli singlisi Saharni ota-onasi Assadga turmushga bermoqchi ekanliklarini sezib qoladi. Shu sababli singlisi bilan qochib ketish, yangi hayot boshlashni rejalashtiradi. Ammo gumonlari toʻgʻri chiqadi — ota-onasi 2 tovuq evaziga singlisini Assadga turmushga berib yuborishadi. Ota-onasidan gʻazablangan Zain uyidan qochib ketadi va avtobusda oʻrgimchak-odam kiyimini kiyib olgan qariyani uchratadi. Bu odam Luna Parkka yetganda avtobusdan tushadi. Zain ham unga ergashadi va kunning qolgan qismini parkda oʻtkazadi. Ferris charxpalagiga chiqqanda, Zain quyosh botishiga koʻzi tushadi va koʻziga yosh oladi. Soʻng, istirohat bogʻida tozalovchi boʻlib ishlovchi musofir ayol Rahilni uchratadi. Ayolning unga rahmi keladi va kichkina kulbasidan boshpana berishga rozi boʻladi. Evaziga ishdaligida Zain uning hujjatsiz chaqalogʻi Yonasga qarab turishi kerak boʻladi.

Rahilning qalbaki musofirlik hujjatlarining muddati tez orada tugaydi, ammo Aspra yangi qalbaki hujjatlar tayyorlab berishi uchun toʻlashga yetarli puli yoʻq edi. Aspra unga oʻgʻli Yonasni berishi evaziga tekinga qalbaki hujjatlar tayyorlab berishni taklif qiladi. Garchi Aspra Yonas hujjatga ega boʻlmagani sabab hech qachon taʼlim olish va ishga kirish imkoniyatiga ega boʻlmasligini taʼkidlasa-da, Rahil taklifni rad etadi. Koʻp oʻtmay Rahilning hujjatlarining muddati tugaydi va Livan hukumati tomonidan qoʻlga olinadi. Zain uning kulbaga qaytmaganidan vahimaga tushadi va bolaga oʻzi gʻamxoʻrlik qila boshlaydi. Boshqalarga goʻdakni oʻz ukasi deb tanishtiradi va pul topish uchun yana tramadol sota boshlaydi.

Kunlarning birida, Aspra yashaydigan Souk Al Ahad atrofida Maysoun ismli qizni uchratadi. Qiz suriyalik muhojir bʻlib, Aspra uni Shvetsiyaga yubormoqchi ekanini aytadi. Zain ham Aspradan oʻzini Shvetsiyaga yuborishini soʻraydi. Buning evaziga Aspra goʻdakni unga berishi kerakligini aytadi. Ijarachi Rahilning uyini yopib ketib, barcha pul va buyumlari ichkarida qolib ketgandan soʻng, Zain noilojlikdan bolani Aspraga topshiradi. Aspra unga xorijga chiqish uchun hujjatlari kerakligini aytadi. Zain uyiga qaytadi va ota-onasidan hujjatlarini talab qiladi, ular esa uning hech qanday hujjati yoʻqligini aytishadi. Qochib ketgani uchun ota-onasi undan voz kechib, uydan haydashadi, biroq Zain shu paytda singlisi Saharning homiladorlikdagi qiyinchiliklar sabab oʻlib qolganidan xabar topadi. Gʻazablangan Zain pichoq olib, uydan yugurib chiqib ketadi va Assadni pichoqlaydi. Soʻng u hibsga olinadi va Roumieh qamoqxonasiga 5 yilga hukm qilinadi.

Qamoqxonada onasi bilan uchrashuvda, Zain uning yana homiladorligidan va boʻlajak farzandiga Sahar deb ism qoʻymoqchiligidan xabar topadi. Qizining oʻlimidan pushaymon emasligidan jirkanib, onasini yuraksiz deb ataydi va boshqa kelmasligini aytadi. Bolalarga nisbatan zoʻravonlik haqida xabar berish soʻraladigan TV koʻrsatuv vaqtida Zain OAV bilan bogʻlanib, ota-onasining farzandlariga eʼtiborsizligidan charchagani va ularning bolalarga gʻamxoʻrlik qila olmayotganiga qaramay, yana bolali boʻlishda davom etayotgani sababli sudga bermoqchi ekanini aytadi. Sudya ota-onasidan nima xohlashini soʻraganda, „Ortiq farzand dunyoga keltirishmasligini“ deb javob beradi, chunki uka-singillari va tugʻilajak bolani ham oʻzi va Sahardek qarovsizlik va zoʻravonlikdan aziyat chekishini istamaydi. Zain, shuningdek, Aspra bolalarni noqonuniy asrab olayotgani va ularga yomon munosabatda boʻlayotganini maʼlum qiladi. Zain sudda gʻalaba qozonadi va Saharning oʻlimi uchun adolat qaror topadi. Aspraning uyida tintuv oʻtkaziladi, natijada ota-onalar va bolalar, shu qatorda Rahil va Yonas ham, qayta topishadilar.

Zain ID karta uchun suratga tushadi. Fotograf uning kayfiyatini koʻtarish uchun hazillashadi: „Tabassum qil, Zain. Bu surat passportga, vafot etganlik guvohnomasiga emas!“.

Film aktyorlari va rejissyori 2018-yilgi Cannes kinofestivalida
  • Zain Al Rafeea — Zain El Hajj (Bayrut xarobalarida yashovchi 12 yoshli bola)
  • Yordanos Shiferaw — Rahil (istirohat bogʻida tozalovchi boʻlib ishovchi efiopiyalik ayol)
  • Boluwatife Treasure Bankole (qiz bola) — Yonas (Rahilning oʻgʻli)
  • Kawthar Al Haddad — Souad (Zainning onasi)
  • Fadi Kamel Youssef — Selim (Zainning otasi)
  • Nour el Husseini — Assad (mahalliy doʻkon egasi va Saharning eri)
  • Alaa Chouchnieh — Aspra
  • Cedra Izzam — Sahar (Zainning singlisi)
  • Nadine Labaki — Nadine (Zainning advokati)
  • Joseph Jimbazian — Mr. Harout (istirohat bogʻidagi ishchi)
  • Farah Hasno — Maysoun (suriyalik yosh muhojir)

Ishlab chiqarilishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ssenariy muallifi va rejissyori film gʻoyasini quyidagicha tasvirlaydi:

„Oxir-oqibat... bolalar bizning mojarolar va urushlar, bizning tizim, ahmoqona qarorlarimiz va hukumat uchun katta badal toʻlashmoqda. Men muammo haqida gapirish zarurligini his qildim va agar oʻsha bolalar oʻz fikrini bildira olganda, nima degan boʻlishardi, deya oʻylay boshladim. Jamiyat ularga eʼtibor qaratmayotganini aytgan boʻlisharmidi?“

— Nadine Labaki, [13]

Film byudjeti 4 million dollarni tashkil etgan[14]. Prodyuser Khaled Mouzanar kerakli mablagʻni yigʻish uchun uyini garovga qoʻygan[15].

2012-yildan buyon Bayrut xarobalarida yashovchi suriyalik muhojir Zain Al Rafeea suratga olish paytida 12 yosh boʻlgan[16][17]. Gavdalantirgan qahramonining ismi Al Rafeeaning oʻz nomidan olingan[13]. Aktyorlarning koʻpchiligi filmda ilk bor rol ijro etgan, chunki Labaki katta ekranda hayot uchun kurashni bor holicha yoritib berishni xohlagan[15]. Al Rafeea qochqin sifatida qashshoqlikda kechgan hayot tajribasiga tayangan holda filmdagi dialoglarni tuzishga katta hissa qoʻshgan[18].

Labaki ham aktrisa boʻlsa-da, oʻzi filmda kichik rol oʻynagan, chunki real aktyorlarning oʻz tajribasidan kelib chiqqan holda qahramonlarni gavdalantirishini maʼqul koʻrgan[19]. Suratga olish jarayoni 6 oy davom etgan va kadrlar jami 500 soatni tashkil etgan[20]. 2 soatli film holiga keltirish uchun esa Labaki va uning montaj jamoasi bir yarim yil vaqt sarflagan[20] . Filmning birinchi versiyasi 12 soat davom etgan[16][20], ammo jamoasi bilan tun-u kun ishlash natijasida Labaki film davomiyligini qisqartirishga erishgan.

Qabul qilinishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ishlab chiqarish byudjeti 4 million dollar boʻlsa-da[14], 2019-yil 26-may holatiga koʻra, film dunyo boʻylab 68 583 867 dollar mablagʻ keltirgan[3]. Eng yuqori daromad keltirgan arab filmiga aylangan. Labakining oldinroq suratga olgan, daromadi 21 million dollarlik „Where do we go now?“[21][22] filmini ortda qoldirgan holda, Oʻrta Sharq tarixidagi eng daromadli filmga aylangan[23].

Film 2018-yil 14-dekabrda AQSh va Kanadada kichik auditoriyaga namoyish etilgan. 2019-yil 30-may holatiga koʻra, ushbu ikki davlatda 1 661 096 dollar daromad keltirgan[24]. Xalqaro bozordagi daromadi esa 66 925 million dollar (2019-yil 26-may holatiga koʻra)[3].

Xitoydagi premyerasi 2019-yil 29-aprelda „Qasoskorlar: Intiho“ filmidan soʻng boʻlgan[25]. Film Xitoy ijtimoiy tarmoqlarida, jumladan Douban va TikTokda, ogʻizdan ogʻizga oʻtib, maʼlum muddat mashhurlik choʻqqisidan tushmagan[26]. 2019-yil 5-maygacha, „Qasoskorlar: Intiho“dan keyingi[27][28] haftaning eng daromadli filmi sifatida 25.22 million dollar daromad keltirgan[29] . 2019-yil 29-iyun holatiga koʻra, film Xitoyda 54 315 148 dollar foyda keltirgan[3].

„Capernaum“ filmi Rotten Tomatoes saytida sharh qoldirgan 183 nafar tanqidchining 90%i tomonidan ijobiy baholanib, oʻrtacha reytingi 7,9/10 ballni tashkil etgan. Tanqidchilarning umumiy xulosasiga koʻra, „„Capernaum“da dolzarb mavzu koʻtarilgan, biroq hayot-mamot yoqasida yashayotgan odamlarning hayoti mahorat bilan, taʼsirli va yurakni larzaga soluvchi manzara orqali tomoshabinga ochib berilgan“[30]. Metacritic saytida sharh qoldirgan 33 tanqidchiga koʻra, film 100 balldan oʻrtacha 75 ballga loyiq topilgan[31]. Film toʻgʻrisidagi aksariyat sharhlar ijobiy edi. The New York Times nashri tanqidchisi A. O. Scott uni 2018-yilning eng yaxshi filmlari roʻyxatida toʻqqizinchi oʻringa qoʻyib, shunday yozadi: „Naturalizm va melodrama uygʻunlashib, yoʻqolgan bolaning Bayrutdagi vayrona va xarobazorlarda boshdan kechirgan sarguzashtlari haqidagi iztirobli va shiddatli hikoyada mujassam boʻlgan... Labaki odamlar eng ogʻir damlarida ham saqlab qoladigan joʻshqinlik, qatʼiyat va hazil-mutoyibani koʻzdan qochirmaydi“[11]. Variety jurnali muxbiri Jay Weissbergning fikricha, „Capernaum“ Labakining rejissyorlik faoliyatida katta oʻsish boʻlgan. Sababi film mavzusiga „nafaqat aql, balki yurak bilan ham yondashilgan“[32]. The Hollywood Reporter tanqidchisi Leslie Felperin filmni taʼsirchan melodrama deb baholagan[33]. Vulture.com saytida esa Emily Yoshida Zain Al Rafeeani „hayratlanarli va unutilmas qiyofa“ deb taʼriflagan. Garchi filmda abort mavzusi bevosita tilga olinmagan boʻlsa-da, Yoshida uni „men koʻrgan abort masalasida tanlov erkinligini yoqlovchi eng qatʼiy filmlardan biri“ deb taʼkidlagan[34].

Film Livan davlati tomonidan Oscar mukofotining „Eng yaxshi xorijiy film“ nominatsiyasi uchun taqdim etilgan[35][36]. 2018-yil dekabr oyida qisqa ro‘yxatga kiritilgan[37] va 2019-yil yanvar oyida mukofotga rasman nomzod etib ko‘rsatilgan[12].

Mukofot Sana Nominatsiya Oluvchi(lar) Natija Manba(lar)
Oscar 2019-yil 24-fevral Eng yaxshi xorijiy film Livan Nominatsiya [38]
Alliance of Women Film Journalists 2019-yil 10-yanvar Eng yaxshi inglizcha boʻlmagan film Nadine Labaki Nominatsiya [39]
Eng yaxshi ayol rejissyor Nominatsiya
Asia Pacific Screen Awards 2018-yil 29-noyabr Eng yaxshi rejissyorlik ishi Yutuq [40][41]
Eng yaxshi aktyor Zain Al Rafeea Nominatsiya
British Academy Film Awards 2019-yil 10-fevral Ingliz tilida boʻlmagan eng yaxshi film Nadine Labaki, Khaled Mouzanar Nominatsiya [42]
British Independent Film Awards 2018-yil 2-dekabr Eng yaxshi xalqaro mustaqil film Nadine Labaki, Jihad Hojeily, Michelle Keserwani, Khaled Mouzanar and Michel Merkt Nominatsiya [43]
Calgary International Film Festival 2018-yil 19–30-sentyabr Audience Favourite, US/International Narrative Feature Nadine Labaki Yutuq [44]
Fan Favourite Award Yutuq
Cannes kinofestivali 2018-yil 8–19-may Palme d'Or Nadine Labaki Nominatsiya [4]
Jury Prize Yutuq [6]
Prize of the Ecumenical Jury Yutuq
César Award 2019-yil 22-fevral Eng yaxshi xorij filmi Capernaum Nominatsiya [45]
Chicago Film Critics Association 2018-yil 8-dekabr Eng yaxshi chet tilidagi film Capernaum Nominatsiya [46]
Critics' Choice Movie Awards 2019-yil 13-yanvar Eng yaxshi chet tilidagi film Capernaum Nominatsiya [47]
Festival international du cinéma francophone en Acadie 2018-yil 15–23-noyabr Eng yaxshi xorij filmi Nadine Labaki Yutuq [48]
Audience Award Yutuq
Film Fest Gent 2018-yil 8–18-oktyabr North Sea Port Audience Award Yutuq [49]
Globes de Cristal Awards 2019-yil 4-fevral Eng yaxshi xorij filmi Nominatsiya [50]
Oltin globus 2019-yil 6-yanvar Eng yaxshi chet tilidagi film Capernaum Nominatsiya [51]
Grande Prêmio do Cinema Brasileiro 2020-yil 11-oktyabr Best Foreign Long Film Capernaum Nominatsiya [52]
Antalya Altın Portakal kinofestivali 2018-yil 29-sentyabr – 5-oktyabr Eng yaxshi aktyor Zain Al Rafeea Yutuq [53][54]
Young Jury Award Nadine Labaki Yutuq
International Film Festival Rotterdam 2019-yil 23-yanvar – 3-fevral IFFR Audience Award Yutuq [55]
Leeds International Film Festival 2018-yil 1–15-noyabr Audience Award for Best Fiction Feature Yutuq [56]
Melbourne International Film Festival 2018-yil 2–19-avgust Audience Award Yutuq [57]
Miami International Film Festival 11–14-oktyabr Gigi Guermont Audience Award Yutuq [58]
Mill Valley Film Festival 2018-yil 3–13-oktyabr Audience Favorite - World Cinema, Gold Award Yutuq [59]
Norwegian International Film Festival 2018-yil Avgust Audience Award Yutuq [60]
San Diego Film Critics Society 2018-yil 10-dekabr Eng yaxshi chet tilidagi film Capernaum 2-oʻrin [61]
San Sebastián International Film Festival 2018-yil 21–29-sentyabr Audience Award Nadine Labaki 2-oʻrin [62]
São Paulo International Film Festival 2018-yil 18–31-oktyabr Audience Award Yutuq [63]
Sarajevo Film Festival 2018-yil 10–17-avgust Audience Award Yutuq [64]
St. Louis Film Critics Association 2018-yil 16-dekabr Eng yaxshi chet tilidagi film Capernaum Nominatsiya [65]
St. Louis International Film Festival 2018-yil 1–11-noyabr Award for Best International Film Nadine Labaki Yutuq [66]
Stockholm International Film Festival 2018-yil 7–18-noyabr Eng yaxshi ssenariy Nadine Labaki, Jihad Hojeily, Michelle Keserwany, Georges Kabbaz and Khaled Mouzanar Yutuq [67]
Audience Award Nadine Labaki Yutuq [68]
Vilnius International Film Festival 2019-yil 6-aprel The Audience Award Capernaum Yutuq [69]
Washington D.C. Area Film Critics Association 2018-yil 3-dekabr Eng yaxshi chet tilidagi film Capernaum Nominatsiya [70]
World Soundtrack Awards 2019-yil oktyabr Public Choice Award Khaled Mouzanar Nominatsiya [71]

Capernaum — Isroil davlatidagi Galileya viloyatida joylashgan qishloq boʻlib, Iisus Xristos bu yerdagi kasallarni moʻjizaviy tarzda davolaganiga qaramay, oʻz gunohlari uchun tavba qilishdan bosh tortgan insonlar yashaydigan uch hududning biri sifatida qoralangan. Fransuz tilida capharnaüm buyumlar tartibsiz toʻplangan joy maʼnosini anglatadi. Filmda esa bu soʻz „Chaos“ (tartibsizlik) deb tarjima qilingan[72][73].

  1. Keslassy, Elsa „Sony Pictures Classics Nabs Nadine Labaki's Palme d'Or Contender 'Capernaum'“. Variety (2018-yil 10-may). Qaraldi: 2025-yil 29-dekabr.
  2. „Capernaum (2018)“. British Board of Film Classification. 2019-yil 28-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 29-dekabr.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 „Cafarnaúm (2018) - Financial Information“. The Numbers. Qaraldi: 2025-yil 29-dekabr.
  4. 4,0 4,1 „The 2018 Official Selection“. Cannes (2018-yil 12-aprel). Qaraldi: 2025-yil 29-dekabr.
  5. „Cannes Lineup Includes New Films From Spike Lee, Jean-Luc Godard“. Variety (2018-yil 12-aprel). Qaraldi: 2025-yil 29-dekabr.
  6. 6,0 6,1 Debruge, Peter „2018 Cannes Film Festival Award Winners Announced“. Variety (2018-yil 19-may). Qaraldi: 2025-yil 29-dekabr.
  7. Sharf, Zack „Nadine Labaki's 'Capernaum' Earns Massive Cannes Standing Ovation and Instant Palme d'Or Winner Predictions“ (2018-yil 17-may). Qaraldi: 2025-yil 29-dekabr.
  8. Keslassy, Elsa „Sony Pictures Classics Nabs Nadine Labaki's Palme d'Or Contender 'Capernaum'“ (2018-yil 10-may). Qaraldi: 2025-yil 29-dekabr.
  9. US Copyright Office Document No. V9966D980 / 2019-04-04
  10. „Capernaum (Capharnaüm) (2018)“. Rotten Tomatoes. Qaraldi: 2025-yil 29-dekabr.
  11. 11,0 11,1 Dargis, Manohla; Scott, A. O.. „Best Movies of 2018“. The New York Times (2018-yil 5-dekabr). Qaraldi: 2025-yil 29-dekabr.
  12. 12,0 12,1 „Oscars 2019: The nominees in full“. BBC News (2019-yil 22-yanvar). Qaraldi: 2025-yil 29-dekabr.
  13. 13,0 13,1 Grobar, Matt „'Capernaum' Director On The High Price Children Are Paying For Society's Mistakes — Awardsline Screening Series“. Deadline Hollywood (2018-yil 15-noyabr). Qaraldi: 2025-yil 29-dekabr.
  14. 14,0 14,1 „Labaki's film rights sold in 60 countries. Initial cost of Capharnaüm already covered“. BusinessNews.com.lb (2019-yil 12-may). Qaraldi: 2025-yil 29-dekabr.
  15. 15,0 15,1 Staff „'Capernaum' team on Cannes success and the importance of using non-professional actors“. Los Angeles Times (2018-yil 21-noyabr). Qaraldi: 2025-yil 29-dekabr.
  16. 16,0 16,1 Welk, Brian „'Capernaum' Director Nadine Labaki Says Refugee Child Star Is Safe and Resettled (Video)“. The Wrap (2018-yil 20-noyabr). Qaraldi: 2025-yil 29-dekabr.
  17. „Child actor's journey from slums to stardom“. BBC News (2019-yil 20-fevral). Qaraldi: 2025-yil 29-dekabr.
  18. „From Syrian refugee to Oscar nominee, 'Capernaum' star gets second chance at childhood in Norway“. Public Radio International (2019-yil 21-fevral). Qaraldi: 2025-yil 29-dekabr.
  19. Ritman, Alex „Cannes: Nadine Labaki on 'Capernaum' and Resisting the Lure of Hollywood“. The Hollywood Reporter (2018-yil 9-may). Qaraldi: 2025-yil 29-dekabr.
  20. 20,0 20,1 20,2 Cannes interview with Cast and Crew of Capernaum, "All eyes on Ethiopian Actress Yordanos Shiferaw" (inglizcha), qaraldi: 20 October 2019
  21. „Lebanese filmmakers' movie 'Capharnaum' wins Jury Prize at Cannes Film Festival“. The Arab American News (2018-yil 25-may). Qaraldi: 2025-yil 29-dekabr.
  22. Fleming, Mike Jr.. „'Capernaum' Director Nadine Labaki Signs With CAA“. Deadline (2018-yil 11-may). Qaraldi: 2025-yil 29-dekabr.
  23. „'Capernaum' Director Nadine Labaki Celebrates $40M+ Chinese Box Office: "It's a Big Surprise"“. The Hollywood Reporter (2019-yil 16-may). Qaraldi: 2025-yil 29-dekabr.
  24. „Capernaum (2018)“. Box Office Mojo. Qaraldi: 2019-yil 30-may.
  25. „Daily Box Office > China“. EntGroup (2019-yil 29-aprel). Qaraldi: 2025-yil 29-dekabr.
  26. Shackleton, Liz. „How Nadine Labaki's 'Capernaum' became a $44m sleeper hit in China“. Screen (2019-yil 16-may). Qaraldi: 2025-yil 29-dekabr.
  27. „'Avengers Endgame' nears global record with over $2 billion“. Houston Chronicle (2019-yil 5-may). 2019-yil 5-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 29-dekabr.
  28. Kabboul, Tamarah „Labaki's Capernaum Ranks 2nd Top-Grossing Film in China Just After Avengers Endgame“ (en-ca). www.the961.com. 2019-yil 8-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 29-dekabr.
  29. „Daily Box Office > China“. EntGroup (2019-yil 5-may). Qaraldi: 2025-yil 29-dekabr.
  30. „Capernaum (2018)“. Rotten Tomatoes. Fandango. Qaraldi: 2025-yil 29-dekabr.
  31. „Capernaum (2018)“. Metacritic. Qaraldi: 2025-yil 29-dekabr.
  32. Weissberg, Jay „Film Review: 'Capernaum'“. Variety (2018-yil 17-may). Qaraldi: 2025-yil 29-dekabr.
  33. Felperin, Leslie „'Capharnaum': Film Review Cannes 2018“. The Hollywood Reporter (2018-yil 17-may). Qaraldi: 2025-yil 29-dekabr.
  34. Yoshida, Emily „Prepare to Be Blown Away by the Child Actors in the Heartbreaking Capharnaüm“. Vulture.com (2018-yil 18-may). Qaraldi: 2025-yil 29-dekabr.
  35. „الثقافة: فيلم المخرجة لبكي "كفرناحوم" الى الأوسكار“. 14march.org (2018-yil 18-sentyabr). 2018-yil 18-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 29-dekabr.
  36. Kozlov, Vladimir „Oscars: Lebanon Selects 'Capharnaum' for Foreign-Language Category“. The Hollywood Reporter (2018-yil 18-sentyabr). Qaraldi: 2025-yil 29-dekabr.
  37. „Academy Unveils 2019 Oscar Shortlists“. The Hollywood Reporter (2018-yil 17-dekabr). Qaraldi: 2025-yil 29-dekabr.
  38. „Foreign language film“. latimes.com. Qaraldi: 2025-yil 10-sentyabr.
  39. „2018 EDA Award Nominees“. Alliance of Women Film Journalists. 2018-yil 21-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 10-sentyabr.
  40. „2018 APSA Nominees Announced“. Asia Pacific Screen Awards (2018-yil 17-oktyabr). Qaraldi: 2025-yil 10-sentyabr.
  41. Frater, Patrick „'Shoplifters' Takes Top Prize at Asia Pacific Screen Awards“. Variety (2018-yil 29-oktyabr). Qaraldi: 2025-yil 10-sentyabr.
  42. Brown, Mark „EE British Academy Film Awards Nominees in 2019“. British Academy Film Awards (2019-yil 9-yanvar). Qaraldi: 2025-yil 10-sentyabr.
  43. Brown, Mark „The Favourite dominates British independent film award nominations“. The Guardian (2018-yil 31-oktyabr). Qaraldi: 2025-yil 10-sentyabr.
  44. „2018 Audience & Fan Favourite Awards“. 2018-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 10-sentyabr.
  45. „Liste des Nominations aux Cesar 2019“. César Award (2019-yil 22-yanvar). Qaraldi: 2025-yil 10-sentyabr.
  46. „2018 Chicago Film Critics Association Awards“. Chicago Film Critics Association (2018-yil 7-dekabr). 2018-yil 8-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 10-sentyabr.
  47. Harris, Hunter „The Favourite, Black Panther Lead Critics' Choice Awards Nominations“. Vulture.com (2018-yil 10-dekabr). 2018-yil 11-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 10-sentyabr.
  48. „Les lauréats des Prix La vague 2018 sont dévoilés“. Qaraldi: 2025-yil 10-sentyabr.
  49. „'Capharnaüm' wins the North Sea Port Audience Award“. 2020-yil 28-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 10-sentyabr.
  50. „Kapernaum (2018) - Awards“. Qaraldi: 2025-yil 10-sentyabr.
  51. „'Vice,' 'The Assassination of Gianni Versace' lead 2019 Golden Globe nominations“. Los Angeles Times (2018-yil 6-dekabr). 2018-yil 6-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 10-sentyabr.
  52. „Saiba quem são os finalistas do Grande Prêmio do Cinema Brasileiro“. academiabrasileiradecinema.com. Qaraldi: 2025-yil 13-sentyabr.
  53. „Hollywood ile Yeşilçam Altın Portakal'da buluştu“. hurriyet.com.tr (2018-yil 10-oktyabr). Qaraldi: 2025-yil 16-sentyabr.
  54. „Savaştan Kırmızı Halıya Bir Çocuk Hikayesi: "Kefernahum"“. multeciler.org.tr. Qaraldi: 2025-yil 16-sentyabr.
  55. „Rotterdam Film Festival 2019 winners revealed“. screendaily.com (2019-yil 1-fevral). Qaraldi: 2025-yil 16-sentyabr.
  56. „Capernaum wins the LIFF 2018 Audience Award for Best Fiction Feature“. 2019-yil 26-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 13-sentyabr.
  57. „MIFF 2018 Audience Awards“. 2019-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 13-sentyabr.
  58. „Capernaum wins the Gigi Guermont Audience Award!“. 2019-yil 26-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 13-sentyabr.
  59. „MVFF41 Audience Favorite“. Qaraldi: 2025-yil 13-sentyabr.
  60. „Norwegian International Film Festival in Haugesund“. en.unifrance.org. Qaraldi: 2025-yil 20-sentyabr.
  61. „2018 San Diego Film Critics Society Award Winners“. San Diego Film Critics Society (2018-yil 10-dekabr). 2018-yil 10-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 13-sentyabr.
  62. „City of Donostia / San Sebastian Audience Award“. SSIFF. Qaraldi: 2025-yil 13-sentyabr.
  63. „42ª Mostra de Cinema de SP: mulheres são as grandes vencedoras“. Qaraldi: 2025-yil 13-sentyabr.
  64. „Audience Award of the 24th Sarajevo Film Festival“. Sarajevo Film Festival. Qaraldi: 2025-yil 13-sentyabr.
  65. „Annual StLFCA Awards“. St. Louis Film Critics Association (2018-yil 9-dekabr). 2018-yil 10-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 13-sentyabr.
  66. „Green Book Wins Best Film, Capernaum, The Push Win Awards at 2018 St. Louis International Film Festival“ (2018-yil 12-noyabr). Qaraldi: 2025-yil 16-sentyabr.
  67. „Stockholm Festival Winners Jasmin Mozaffari, Crystal Moselle Talk About Next Projects“ (2018-yil 17-noyabr). Qaraldi: 2025-yil 16-sentyabr.
  68. „Winners through the years“. stockholmfilmfestival.se. Qaraldi: 2025-yil 25-dekabr.
  69. „Vilnius International Film Festival“. imdb.com. Qaraldi: 2025-yil 25-dekabr.
  70. Marr, Rhuaridh „'Roma,' 'A Star Is Born' lead winners at DC Film Critics awards“. Metro Weekly (2018-yil 3-dekabr). 2018-yil 4-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 16-sentyabr.
  71. „World Soundtrack Awards 2019 – Winners Announced“. soundtrackworld.com. Qaraldi: 2025-yil 25-dekabr.
  72. „Definition of CAPHARNAUM“. www.merriam-webster.com.
  73. „In 'Capernaum,' The Chaos Of Lebanon From A Homeless Child's Perspective“. NPR.org.