Kontent qismiga oʻtish

Call of Duty (Mobile)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Call of Duty:Mobile

Call of Duty: Mobile
Ishlab chiqaruvchi TiMi Studio Group
Nashir etuvchi Activision
Chiqarilgan sana 2019-yil, 1-oktabr
Janr Shuter
Yosh chegarasi 16+
Oʻyin rejimlari Multiplayer, Battle Royale


Mobile qurilmalar uchun chiqarilgan ushbu oʻyin birinchi shaxs video oʻyinlari turkumiga kiradi. Ilk bor 2019-yil TiMi Studio Group hamda Activision kompaniyalarini hamkorligida ishlab chiqarilgan. 2021-yilgi holatga koʻra 500 milliondan ortiq yuklashlar[1] va 3 milliard[2] dollardan ortiq daromad keltirgan.

Oʻyin jarayoni

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻyinda 20, 12, 10 va 5 kishidan 2 kishilik jamoaviy hamda yakka holda bellashish mumkin, hamda turli reytinglik va reytingsiz janglarni tanlash mumkin boʻladi. Oʻyin ichida xarid qilish uchun maxsus valyuta(CP) boʻlib ularni sotib olinadi va yana bir valyuta esa oʻyin davomida yigʻiladi, ularni sotib olib boʻlmaydi, faqatgina oʻyinchi oʻz kuchi orqali yigʻib boradi[3]. Oʻyinda ovozli hamda matn yordamida muloqot mavjud va bu orqali oʻyinchilar koʻpchilik boʻlib muammosiz oʻynashi taʼminlanadi.

Bu boʻlimda oʻyin xaritalari Call of Dutyning seriyali oʻyinlariga bogʻliq holda tuzilgan. Bu esa oʻyinchilarga xaritani tezda oʻzlashtirib olishiga va qiziqishlarini ortishiga sabab boʻladi. Oʻyinda qurollardan tashqari maxsus vositalar ham beriladi bu seriali oʻyinlarda qoʻllangan kuchli aslahalar toʻplami. Multiplayer boʻlimi oʻzida bir necha oʻnlab usullardagi janglarni ichiga olgan: Team Deadmath, Domination, Frontline, Search end Destroy, Hardpoint, Gun Game, Only Sniper, Kill Confirmed shular jumlasidan.

Battle Royale

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bu boʻlim Multiplayer boʻlimidan farqili tarfi jamoalar soni 2 ta emas balki oʻyin usuliga qarab 25 tadan 10 tagacha boʻladi. Har bir jamoa 4, 2 yoki 1 kishidan iborat boʻladi. Jamolar dastlab uchish yoʻlagidan havoga koʻtarilishadi hamda xaritadan kerakli joyga sakrashadi. Dastlab har bir oʻyinchi tanlangan jang usuliga koʻra pichoq yoki toʻpponchada boʻlishadi soʻngra qurol aslahani oʻyinchilar yerdan topishadi yoki savdo shahobchasidan olishadi. Oʻyin usuliga koʻra oʻyinchilar xaritadan transport, savdo shaxobchasi yoki oʻz sheriklarini topishlari mumkun. Bu boʻlim oʻz ichiga: 20v20 Warfare, Alcatraz, Battle Royale Blackout, Sniper Challange, Blitz va yana bir qancha jang usullarini oʻz ichiga oladi.

Zombi boʻlimi Call of Duty: Black Ops oʻyini kabi zombilar bilar bilan 4 kishilik jamoaviy kurashish imkonini beradi. Ushbu boʻlim zombilar bilan kurash vaqtida qurol aslahalarni kuchaytirib borish va har bir bosqichdan soʻng kuchliroq raqib bilan jang qilish mumkin. Bunda jamoa vakillari topshiriqlarni bajarib borishadi, har bir topshiriq bajarish vaqtida ularga zombilar qoʻshini xalaqit qilib boradi. topshiriqlarning barchasi yakunlangandan soʻng eng katta zombi bilan kurashiladi. Ushbu boʻlim rasman 2020-yilda sifatli grafikaga ega boʻlmagani uchun mobil oʻyindan butkul olib tashlangan edi[4]. 2022-yilga kelib ushbu boʻlimda xato va kamchiliklar bartaraf etilib qayta qoʻshildi[5].

Ishlab chiqarilishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Call of Duty: Mobile oʻyini 2019-yil Yevropa va Amerika qitʼasida Activison tomonidan ommaga taqdim etilgan[6]. Oʻyin keng targʻib etilgandan soʻng Activision TiMi Studios bilan hamkorlikda 2020-yilda butun dunyoga eʼlon qildi[7].

  1. „Call of Duty®: Mobile Surpasses 500 Million Downloads“ (2021.04.05). Qaraldi: 2024.08.12.
  2. „Call of Duty: Mobile passes $3bn in lifetime revenue, half of all engagement for the franchise is on mobile“ (2023.07.21). Qaraldi: 2024.08.12.
  3. „CALL OF DUTY: MOBILE WEB STORE“ (2020-yil 8-aprel). Qaraldi: 2024-yil 1-sentyabr.
  4. „Call of Duty: Mobile zombies is returning, but not as you remember it“ (2021.07.30). Qaraldi: 2024.08.12.
  5. [https://www.callofduty.com/blog/2022/10/call-of-duty-mobile-season-9-zombies-classic-battle-pass-multiplayer „Announcing Call of Duty®: Mobile Season 9 — Zombies Are Back CODM“] (2022.10.05). Qaraldi: 2024.08.12.
  6. „드디어 한국 상륙!“ (2019.09.24). Qaraldi: 2024.08.12.
  7. „Chào mừng đến với Call of Duty: Mobile VN!“ (2020.03.01). Qaraldi: 2024.08.12.