Kontent qismiga oʻtish

Calenzana

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Kalenzana (fransuzcha talaffuzi: [kalɛ̃zana]; korsikalikcha: Kalindzana) — Fransiyaga qarashli Korsika orolidagi Yuqori Korsika (Haute-Corse) departamentida joylashgan kommuna (shaharcha).

1732-yilda bu yerda korsikalik millatchilar tomonidan orolni boshqarib turgan genuyaliklarga qarshi qo‘zg‘olon bo‘lib o‘tgan.

Hozirda Kalenzana GR 20 deb nomlanuvchi uzoq masofali piyoda yurish yo‘lining boshlanish (yoki yakuniy) nuqtasi sifatida mashhur.

Kommuna hududida Krovani ko‘li (Étang de Crovani) joylashgan bo‘lib, u Krovani qo‘ltig‘idagi Krovani (yoki Arjantella) plyaji ortida joylashgan qirg‘oq lagunasi hisoblanad[1].

Aholining oʻsishi
YilAholi±% y.oʻ.s.
1968 1 061—    
1975 1 478+4.85%
1982 1 623+1.35%
1990 1 535−0.69%
1999 1 722+1.29%
2007 1 831+0.77%
2012 2 308+4.74%
2017 2 342+0.29%
Manba: INSEE[2]
Saint-Restitude (15-asr)
  1. „Plage de l'Argentella - Crovani à Calenzana“, plages.tv (fransuzcha), qaraldi: 2021-12-02
  2. Population en historique depuis 1968, INSEE