Cafu
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Marcos Evangelista de Morais[1] | ||
Tavallud sanasi | 7-iyun 1970-yil[2] | ||
Tavallud joyi | Itaquaquecetuba, São Paulo, Braziliya | ||
Boʻyi | 1.76 m[3] | ||
Ampluasi | Oʻng qanoy himoyachisi | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
Nacional Atlético | |||
Associação Portuguesa de Desportos | |||
1988–1990 | São Paulo | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1989–1995 | São Paulo | 216 | (33) |
1995 | Real Zaragoza | 16 | (0) |
1995 | Esporte Clube Juventude | 4 | (0) |
1995–1997 | Sociedade Esportiva Palmeiras | 41 | (2) |
1997–2003 | Roma | 163 | (5) |
2003–2008 | AC Milan | 119 | (4) |
Total | 559 | (44) | |
Milliy terma jamoa | |||
1990–2006 | Braziliya | 142 | (5) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Cafu, asl ismi Marcus Evangelista di Moraes (talaffuzi: Kafu) – braziliyalik futbolchi. Braziliya terma jamoasi tarkibida ikki karra jahon chempioni (1994 va 2002). 2002 va 2006-yilgi jahon chempionatlarida terma jamoa sardori boʻlgan. Jahon chempionatlarining uchta final oʻyinida yaʼni 1994, 1998, 2002-yilgi jahon chempionatlarida oʻynagan birinchi va hozircha yagona futbolchi. „San-Paulo“ tarkibida Braziliya chempioni, Libertadores kubogi va 2 karra Qitʼalararo kubok gʻolibi."Milan" jamoasida ikki karra Italiya chempioni, Yevropa Chempionlar ligasi gʻolibi. 1994-yilda Janubiy Amerikada yilning eng yaxshi futbolchisi. FIFA 100 roʻyxatiga kiritilgan.
Tarjimai holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kafu 1970-yil 7-iyunda Braziliyaning San-Paulu shahrida tugʻilgan. Bolaligidayoq yosh futbolchi turli klublar tarkibiga kirishga harakat qilgan, ammo har safar unga rad javobi berilgan. 1988-yilda „San-Paulo“ klubi bilan shartnoma imzoladi. 1989-yilgi mavsumda milliy chempionatda uchta oʻyin oʻtkazdi. Asta-sekin jamoa oʻyinchisiga aylandi va 1991-yilda Braziliya chempionligini qoʻlga kiritdi.
Braziliya terma jamoasida ilk oʻyinini 1990-yil 12-sentyabrda Ispaniyaga qarshi oʻyinda oʻtkazdi (0:3). 1991, 1993, 1997, 1999-yillardagi Amerika kubogida toʻrt bor qatnashgan. Ikki marta Amerika chempioni, bir marta kumush medal sohibi boʻlishgan.
Milliy terma jamoa tarkibida 1994-yilgi Jahon chempionatida Janubiy Amerikaning eng yaxshi oʻng qanot himoyachisi boʻldi. 1994/95-yilgi mavsumni Kafu Yevropadagi ilk klubi – Ispaniyaning „Real Saragosa“ klubida oʻtkazdi. Shu yili Yevropa kubok egalari kubogini qoʻlga kiritdi. Ispan jamoasida Kafu faqat bir mavsum oʻynadi, keyin Braziliyaning „Palmeyras“ klubiga oʻtdi.
1997-yilning yozida Italiyaning „Roma“ klubi bilan shartnoma imzoladi. Katta tezligi uchun rimlik muxlislar unga „Pendolino“ deb laqab qoʻyishdi. Buning maʼnosi Italiyada tezyurar poyezdni bildirardi. Katta tezligi uchun rimlik muxlislar unga „Pendolino“ (Italiya tezyurar poyezdining nomi) laqabini berishgan.2000/01-yilgi mavsumda Fabio Capello murabbiyligidagi „Roma“ Italiya chempioni boʻldi. 2002-yili esa Braziliya terma jamoasi jahon chempioni boʻlishdi.
Oʻng qanot himoyachisi boʻlgan Cafu 2003/04-yilgi mavsumda „Milan“ klubi tarkibida Italiya chempioni va Italiya superkubogi sohibi boʻldi. 2004/05-yilgi Yevropa Chempionlar Ligasining finaliga chiqdi. Istanbulda boʻlgan Angliyaning „Liverpul“ klubiga qarshi oʻyinda jamoalar 120 daqiqa oʻynashdi va 3:3 hisobida natija qayd etildi. Penaltilar seriyasida raqib jamoaning qoʻli baland keldi. 2005/06-yilgi mavsumdan boshlab Cafuga „Milan“ safida ehtiyoj kamayib bordi. 2006/07-yilgi mavsumda „Milan“ „Lazio“ klubidan Cafuning oʻrniga Massimo Oddoni sotib oldi.
Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Carlos Alberto Perreira 2006-yilgi jahon chempionatida Cafuni asosiy tarkibdagi oʻng qanot himoyachisi sifatida tayinladi. Chorak finalda Zidane murabbiyiligidagi Fransiya terma jamoasidan magʻlubiyatga uchraganidan soʻng, Braziliya futbol jamoatchiligi terma jamoaga yangi murabbiy – Dungani tayinlashdi. U terma jamoani yoshartirish siyosatini qoʻlladi. Roberto Carlos, Ronaldo, Dida va Cafu kabi „faxriylar“ni jamoadan chiqardi. Cafu terma jamoa safida Jahon chempionatlarida 20 ta oʻyin oʻtkazib, eng koʻp oʻyinlar soni boʻyicha polshalik Gjegoj Lyato bilan 6-7-oʻrinlarni boʻlishib olgan. Braziliya terma jamoasida 16 yil ichida 142 ta oʻyin oʻtkazib, terma jamoa safida eng koʻp oʻyin oʻtkazish boʻyicha rekord qoʻydi[4].
Kafu 2007/08-yilgi mavsumni zaxira oʻrindigʻida oʻtkazdi. Uning tezligi va jismoniy tayyorgarligi Carlo Ancelottini qoniqtirmay qoldi. Mavsum oxirida futbolchilik faoliyatini yakunlashga qaror qildi.
2008-yil fevral oyida 37 yoshli braziliyalik futbolchi Kiyevning „Arsenal“ klubida faoliyatini boshlashi haqida xabarlar tarqaldi. Bu xabarlar klubning mashhurligini oshirish uchun qilgan PR ekanligi maʼlum boʻldi[5].
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jamoaviy yutuqlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]San-Paulo klubida
- San-Paulo shtati chempioni – 1989, 1991, 1992.
- Libertadores kubogi gʻolibi – 1992, 1993.
- Qitʼalararo kubogi gʻolibi – 1992, 1993.
- Libertadores superkubogi gʻolibi – 1993.
- Rekopa chempioni – 1993, 1994.
Real Saragosa klubida
- Yevropa kubok egalari kubogi sohibi – 1994/95.
Palmeyras
- San-Paulu shtati chempioni – 1996.
Roma
- Italiya chempioni – 2000/01.
- Italiya superkubogi sohibi – 2001.
Milan
- Italiya chempioni – 2003/04.
- Italiya superkubogi sohibi – 2004.
- Yevropa Chempionlar Ligasi gʻolibi – 2006/07.
- Klublar oʻrtasidagi Jahon chempioni – 2007.
- Yevropa superkubogi sohibi – 2003, 2007.
Braziliya terma jamoasi
- Jahon chempioni – 1994, 2002.
- Jahon chempionati kumush medali sohibi – 1998.
- Amerika kubogi sohibi – 1997, 1999.
- Konfederasiyalar kubogi gʻolibi – 1997.
- Jahon chempionatlari ishtirokchisi – 1994, 1998, 2002, 2006.
Shaxsiy yutuqlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Janubiy Amerikada yilning eng yaxshi futbolchisi – 1994.
- UEFAning mavsum ramziy jamoasida – 2004, 2005.
- FIFPRO – 2005.
- „Milan“ futbol klubi shon-sharaf zaliga kiritilgan.
- „Roma“ futbol klubi shon-sharaf zaliga kiritilgan.
- FIFA 100 roʻyxatiga kiritilgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „2006 FIFA World Cup Germany: List of Players: Brazil“. FIFA (2014-yil 21-mart). 2019-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Cafu“. soccerway.com. Qaraldi: 2022-yil 1-iyul.
- ↑ „Cafu“. AC Milan. 2008-yil 15-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 1-iyul.
- ↑ „Игры и голы за сборную Бразилии (rsssf.com)“. 21-fevral 2009-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-fevral 2015-yil.
- ↑ Kafu smіshno vіd togo, щo vіn poїde grati v kiїvskiy „Arsenal“… (champion.com.ua)[sayt ishlamaydi]Andoza:Недоступная ссылка(ukr.)
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikiomborda Cafu haqida turkum mavjud |
- Cafu – FIFA musobaqalaridagi natijalari (arxivlangan)
- Official Cafu Foundation site (portugalcha)
- Cafu profile by Aaron Marcus – acmilan-online.com
- Career stats – acmilan.com
- 7-iyunda tugʻilganlar
- 1970-yilda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Erkak futbolchilar
- Braziliyalik erkak futbolchilar
- Futboldagi erkak qanot himoyachilari
- São Paulo futbolchilari
- Real Zaragoza futbolchilari
- SE Palmeiras futbolchilari
- AS Roma futbolchilari
- AC Milan futbolchilari
- La Liga oʻyinchilari
- Serie A futbolchilari
- Ispaniyadagi chet ellik erkak futbolchilari
- Italiyadagi chet ellik erkak futbolchilar
- Braziliya milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari
- FIFA 100
- FIFA erkaklar markaziy klubi
- FIFA Jahon chempionati 1994 oʻyinchilari
- FIFA Jahon chempionati 1998 oʻyinchilari
- FIFA Jahon chempionati 2002 oʻyinchilari
- FIFA Jahon chempionati 2006 oʻyinchilari
- Futbol boʻyicha jahon chempionlari
- Copa América Centenarioda gʻolib boʻlgan oʻyinchilar
- Copa Libertadoresda gʻolib boʻlgan oʻyinchilar
- UEFA Chempionlar Ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar