Cadbury Dairy Milk
| Cadbury logotipi | |
| Mahsulot turi | Qandolat mahsulotlari |
|---|---|
| Egasi | Cadbury |
| Mamlakat | Buyuk Britaniya |
| Ishlab chiqariladi | Cadbury |
| Aloqador brendlar | Cadbury mahsulotlari roʻyxati |
| Bozorlar | Butun dunyo |
| Veb-sayt | cadbury.co.uk/dairy-milk |
Cadbury Dairy Milk – 1905-yildan buyon Cadbury tomonidan ishlab chiqarib kelinayotgan Buyuk Britaniyaga mansub sutli shokolad brendi. Dairy Milk liniyasidagi barcha mahsulotlar faqat sutli shokoladdan tayyorlanadi. 1928-yilda Cadbury Dairy Milk shokolad plitkasining sut miqdori yuqoriligini targʻib qilish maqsadida „bir yarim stakan“ shiorini joriy qilgan.
Mazkur batoncha George Cadbury Jr tomonidan ishlab chiqilgan boʻlib, 1914-yilga kelib kompaniyaning eng koʻp sotiladigan mahsulotiga aylangan. Oradan bir asr oʻtsa ham, u Buyuk Britaniyada bozor yetakchisi maqomini saqlab qolgan va 2014-yilda mamlakatdagi eng koʻp sotilgan shokolad batonchasi sifatida eʼtirof etilgan[1]. Dairy Milk Xitoy, Hindiston, Shri-Lanka, Pokiston, Filippin, Indoneziya va Bangladesh kabi koʻplab mamlakatlarda ham sotiladi. Shuningdek, AQShda u Cadbury litsenziyasi asosida Hershey Company tomonidan ishlab chiqariladi va tarqatiladi; AQSh bozoridagi Dairy Milk retsepti asl nusxadan farq qiladi[2].
Turlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Asl Dairy Milk plitkasi („bir yarim stakan yangi sut bilan“) 1905-yilda taqdim etilgan[3].
Dairy Milkning turli xil plitkalari mavjud, jumladan: mayiz va bodom qoʻshilgan; fundukli; Dairy Milk Silk (2010-yilda Hindistonda chiqarilgan); Dairy Milk Ritz (tarkibida shoʻr Ritz krakerlari boʻlgan[4], 2014-yilda Buyuk Britaniyada taqdim etilgan); hamda Dairy Milk with LU biscuits. Shuningdek, Dairy Milk Oreo ham mavjud boʻlib, u Oreo toʻldirmasi bilan tayyorlanadi, shu bilan birga yalpiz taʼmli varianti ham chiqarilgan.
2015-yilda Avstraliyada sutli shokolad, karamel va vejimayt (5%) tarkibidan iborat vejimayt taʼmli plitka ham sotuvga chiqarilgan[5].
Mahalliy bozorlar uchun tarkib va taʼm moslashuvi
[tahrir | manbasini tahrirlash]The New York Timesning 2007-yilgi hisobotiga koʻra, Buyuk Britaniyada ishlab chiqarilgan plitka tarkibi ketma-ketlikda quyidagicha boʻlgan: sut, shakar, kakao massasi, kakao moyi, oʻsimlik yogʻi va emulsifikatorlar. Hershey tomonidan AQShda ishlab chiqarilgan variant esa tarkib roʻyxatini shakar bilan boshlagan. Unda, shuningdek, laktoza, emulsifikator sifatida soya lesitini hamda tabiiy va sunʼiy taʼm kuchaytirgichlar koʻrsatilgan.
Cadbury shokolad uvogʻini Hersheyga yetkazib bergan, Hershey esa qayta ishlash jarayonida kakao moyi qoʻshgan. Cadbury vakiliga koʻra, kompaniya mahsulot taʼmini mahalliy isteʼmolchilarning didiga moslashtirishga intiladi, shu sababli AQSh bozori uchun moʻljallangan Dairy Milk taʼmi Hershey shokoladlariga yaqinroq qilib ishlab chiqilgan.
Qaytarib olishlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]2007-yil iyul oyida Cadbury mahsulotlarida salmonella bakteriyasi aniqlangani sababli 1 million funt sterling miqdorida jarimaga tortilgan. Ushbu holat Angliyaning Xerefordshir hududidagi zavodda qayd etilgan. Keyinchalik kompaniya zavodni dezinfeksiya qilish uchun qoʻshimcha 30 million funt sterling sarflagan[6].
2007-yil 14-sentyabrda Cadbury Schweppes allergiya haqidagi ogohlantirishlar bilan bogʻliq ishlab chiqarish xatosini tekshirish jarayonida soʻnggi ikki yil ichida ikkinchi bor minglab shokoladlarini qaytarib olishga majbur boʻlgan. Keynsham zavodidagi bosma xato natijasida 250 grammli Dairy Milk Double Chocolate batonchalarida yongʻoqqa allergiya haqidagi yorliq koʻrsatilmay qolgan.
2008-yildagi Xitoydagi sut bilan bogʻliq mojaro Cadburyga ham taʼsir koʻrsatgan. Xitoyning materik qismida ishlab chiqarilgan Cadbury Dairy Milk mahsulotlarining katta qismi melamin moddasi bilan zararlangani aniqlangan. Melamin plastik ishlab chiqarishda qoʻllanishi mumkin boʻlsa-da, u zaharli modda hisoblanadi va ayniqsa goʻdaklar uchun xavflidir[7].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Top 10 selling chocolate bars in the UK“. Wales Online. Retrieved 28 December 2014
- ↑ Severson, Kim. „The World's Best Candy Bars? English, of Course“. The New York Times (2007-yil 11-iyul). Qaraldi: 2017-yil 22-iyul.
- ↑ Jones, Geoffrey (1984). "Multinational Chocolate: Cadbury Overseas, 1918–39". Business History 26 (1): 59–76. doi:10.1080/00076798400000004. https://archive.org/details/business-history_1984-03_26_1/page/59.
- ↑ „Cadbury launches new variant "Dairy Milk Silk"“. fnbnews.com (2010-yil 30-yanvar). 2019-yil 15-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 26-fevral.
- ↑ „Cadbury launches new variant "Dairy Milk Silk"“. fnbnews.com (2010-yil 30-yanvar). 2019-yil 15-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 26-fevral.
- ↑ Pagnamenta, Robin. „Cadbury recalls thousands of chocolate bars after error over allergy warning“. The Times (2007-yil 15-sentyabr). 2010-yil 30-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 7-iyun.
- ↑ Pagnamenta, Robin. „Cadbury recalls thousands of chocolate bars after error over allergy warning“. The Times (2007-yil 15-sentyabr). 2010-yil 30-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 7-iyun.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Vikiomborda „Cadbury Dairy Milk“ mavzusi boʻyicha mediafayllar bor. |