Kontent qismiga oʻtish

Bzikebi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Bzikebi
Bzikebi 2026-yilda
Bzikebi 2026-yilda
Umumiy maʼlumot
Mamlakat Tbilisi, Grusziya
Faoliyat yillari 2008–hozirgacha
Janr Pop
Tarkib Giorgi Shiolashvili
Mariam Kikuashvili
Mariam Tatulashvili

Bzikebi (gruzincha: ბზიკები, soʻzma-soʻz tarjimasi: „arilar“) — gruzin musiqiy guruhi boʻlib, 2008-yilda „Bzz..“ qoʻshigʻi bilan Gruziya nomidan „Yoshlar oʻrtasidagi Eurovision — 2008“ qoʻshiq tanlovida gʻolib chiqqani bilan mashhur boʻlgan. Guruh tarkibiga 1998-yil 7-martda tugʻilgan Giorgi Shiolashvili, 1998-yil 22-yanvarda tugʻilgan Mariam Kikuashvili va 1998-yil 5-aprelda tugʻilgan Mariam Tatulashvili kirgan[1][2]. Tanlov paytida uchala ishtirokchi ham oʻn yoshda boʻlgan[3][4].

Guruh „On Replay“ qoʻshigʻi bilan „Eurovision — 2026“ tanlovida Gruziya vakili sifatida qatnashgan. Bu orqali ular „Yoshlar oʻrtasidagi Eurovision“ gʻolibligidan soʻng kattalar musobaqasida ishtirok etishga muyassar boʻlgan toʻrtinchi jamoa sifatida tarixga kirgan. Undan ilgari bu sharafga 2014-yilda Tolmachevy Sisters, 2021-yilda Destiny Chukunyere hamda 2023-yilda Iru Xechanovi sazovor boʻlgan.

Bzikebi 2008-yil 22-noyabrda Kiprning Lemesos shahrida boʻlib oʻtgan „Yoshlar oʻrtasidagi Eurovision — 2008“ tanlovida „Bzz..“ qoʻshigʻi bilan gʻalaba qozongan[5]. Chiqish paytida guruh aʼzolari arilarni eslatuvchi qora va sariq yoʻl-yoʻl kostyumlar kiygan hamda toʻqima (sunʼiy) tilda kuylagan[6][7]. Jamoa musobaqada jami 154 ball toʻplab, birinchi oʻrinni egallagan[5][8].

Bzikebi guruhi gʻalabadan keyingi yillarda „Yoshlar oʻrtasidagi Eurovision“ tanlovida muntazam ishtirok etgan. Jamoa 2010-yilgi tanlovda avvalgi gʻoliblar bilan birgalikda tanaffus vaqtida sahna koʻrinishi namoyish etgan, 2011-yilgi musobaqada esa ovoz berish jarayonida mehmon sifatida qatnashgan. Guruh, shuningdek, Gruziya hududida koʻplab konsert dasturlarini taqdim etgan. Shundan soʻng jamoa 2012-yildan boshlab faoliyatini vaqtincha toʻxtatgan. Bzikebi keyinchalik 2017-yilda oʻz mamlakatida tashkil etilgan tanlovning ochilish marosimida mehmon sifatida yana sahnaga qaytgan hamda 2022-yilda musobaqaning 20 yillik yubiley tadbirlarida ishtirok etgan.

Eurovision — 2026

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2026-yil yanvar oyida Bzikebi Gruziyaning „Eurovision — 2026“ qoʻshiq tanlovidagi vakillari sifatida eʼlon qilingan. Guruh oʻzlarining „On Replay“ nomli qoʻshigʻini 2026-yil 11-martida taqdim etgan. Bzikebi 2026-yil 12-may kuni Avstriyaning Vena shahrida oʻtkazilgan tanlovning birinchi yarim finali dastlabki qismida sahnaga chiqqan, biroq Grand final bosqichiga yoʻllanma ololmagan[9][10].

  1. Montebello, Edward „JESC 08: Georgia Selected Bzikebi“. ESCMALTA.com (2008-yil 4-oktyabr). 2009-yil 19-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 24-noyabr.
  2. van der Molen, Rianne. Bijtjes uit Georgië winnen songfestival, Marissa 13de (Dutch). Algemeen Dagblad (2008-yil 24-noyabr), s. 6.
  3. „Georgië wint Junior Songfestival 2008“ (Dutch). De Gelderlander (2008-yil 22-noyabr). 2008-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 22-noyabr.
  4. „საქართველოს ევროვიზია 2026-ზე საბავშვო ევროვიზია 2008-ის გამარჯვებული ჯგუფი „ბზიკები“ წარადგენს“ [The winner of Junior Eurovision 2008, the group "Bzikebi", will represent Georgia at Eurovision 2026] (ka-GE). Georgian Public Broadcaster (2026-yil 14-yanvar). Qaraldi: 2026-yil 14-yanvar.
  5. 1 2 „Georgia has won!“. esctime.com (2008-yil 22-noyabr). 2011-yil 10-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 22-noyabr.
  6. „Bzikebi to leave for Cyprus for Eurovision Junior“. The Georgian Times (2008-yil 13-noyabr). 2008-yil 4-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 22-noyabr.
  7. „'Wasps to represent Georgia in the Junior Eurovision 2008'“. oikotimes.com. 2009-yil 21-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2026-yil 17-may.
  8. Yan. „Three "wasps" win junior Eurovision song contest“. China View (2008-yil 22-noyabr). Qaraldi: 2008-yil 22-noyabr.
  9. „Bzikebi“ (en). Eurovision Song Contest. Qaraldi: 2026-yil 1-aprel.
  10. Mazoyer, Vincent. „Eurovision 2026 – Semi-final 1 qualifiers“. ESCXTRA.com. ESCXTRA (2026-yil 12-may). Qaraldi: 2026-yil 13-may.