Byunyuel Luis

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

BYUNYUEL (Bunyuel; Bunuel) Luis (1900.22.2, Kalanda—1983) — ispan kinorejissyori. 1924 yildan Parijda yashagan va "Avangard" harakatida qatnashgan. Birinchi mustaqil ishlari — "Andaluz kuchugi" (1928, ssenariysi S. Dal bilan hamkorlikda), "Oltin asr" (1930) filmlari syurrealizm ruhida ishlangan. 1932 yil Ispaniyada realistik hujjatli film ("Nonsiz yer")ni ekranlashtirdi. 1946—55 yillar Meksikada yashadi va 1960 yilda yana Ispaniyaga qaytib keldi. "Unutilganlar", "Nazarin", "Viridiana", "Kunduzgi goʻzal", "Oqsoch ayolning kundaligi", "Bu notinch xohish nuqtasi", "Robinzon Kruzo" B.ning eng yaxshi filmlaridir. Diniy riyokorlikka, burjua jamiyatining ijtimoiy nohaqlik siyosatiga qarshi ruhdagi filmlar B. ijodiga xos.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil