Byulleten

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Byulleten (frans. bulletin — kichik yorliq, eʼlon) — 1) rasmiy hujjat, qaror, koʻrsatmalar va shahri k. toʻplami; 2) keng jamoatchilik uchun muhim boʻlgan voqea, hodisa haqidagi eʼlon (mas, urush harakatlari, yirik davlat arbobining sihatsalomatligi toʻgʻrisida va h. k.); 3) muayyan bir masalaga oid nashrlarning nomi (mas, OʻzR oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi "Byulleten"lari va boshqalar); 4) maʼlum shakldagi saylov varaqasi, unda deputatlikka nomzodi qoʻyilgan shaxsning ismfamiliyasi, tugʻilgan yili va boshqa baʼzi asosiy maʼlumotlar koʻrsatiladi; 5) ishchi yoki xizmatchi mehnatga vaqtincha yaroqsiz boʻlganda tibbiyot muassasalari tomonidan beriladigan kasallik haqidagi hujjat.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil