Byudjetdan moliyalash

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Byudjetdan moliyalash — davlat (mahalliy) byudjetdan davlat buyurtmalarini amalga oshirish, davlat dasturlarini bajarish, davlat tashkilotlarini saqlash (taʼminlash) bilan bogʻliq harajatlarga pul mablagʻlari ajratish. Byudjetdan moliyalash umumdavlat maqsadlaridagi tadbirlarni bajarish, toʻla yoki qisman davlat pul taʼminotida boʻlgan tarmoqlar, korxonalar, tashkilotlarning harajatlari uchun pul vositalari (byudjet assignatsiyalari) ajratish shaklida amalga oshiriladi. Maye, davlat boshqaruvi mahkamalari, armiya, militsiya, politsiya, sud organlari, kisman fan, madaniyat, maorif, sogʻliqni saqlash, mudofaa tashkilotlari va muassasalari davlat va mahalliy byudjet vositalari hisobidan taʼminlanadilar.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil