Byombaverk Eygen

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

BYOMBAVERK (BohmBawerk) Eygen (1851.12.2, Brno1914.27.8, Vena) - avstriya iqtisodchisi, siyosiy iktisoddagi avstriya maktabi vakili, Insbruk va Vena untlari prof. Uzok, vaqt Avstriya moliya vaziri lavozimida ishlagan. Avstriya FA prezidenti boʻlgan. B. oʻzining "Xoʻjalik neʼmatlarining nazariyasi asoslari" (1886), "Kapital va fonda" (1884—89), "Karl Marks nazariyasi va uning karashlari" (1896) kabi asarlarida ish haqi va qoʻshimcha qiymat nazariyasi toʻgʻrisidagi marksistik qarashlarning notoʻgʻriligini koʻrsatib berdi. Meʼyoriy naflik nazariyasi va foydani tahlil qilishga harakat qildi (q. Meʼyoriy naflik nazariyasi).

B.ning qarashlariga koʻra foyda iqtisodiy emas, balki psixologik asoslarga tayangan abadiy hodisa (kategoriya) boʻlib, mavjud va kelgusi neʼmatlarning subʼyektiv bahosidagi farqdan iborat.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil