Yevgeniy Buzin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Buzin Yevgeniy Ivanovichdan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Yevgeniy Ivanovich Buzin (1916.24.2, Orenburg viloyati, Rossiya — 1969, Toshkent) — mexanika sohasidagi olim, Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi muxbir aʼzosi (1962), texnika fanlari doktori (1957). Oʻrta Osiyo davlat universitetini bitirgan (1939). Oʻrta Osiyo industrial institutida (1939—40), Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Matematika va mexanika institutida (1950—55), Toshkent temir yoʻl muhandislari institutida, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Mexanika va inshootlarning seysmik mustahkamligi institutida (1959—69) ishlagan. Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Prezidiumi texnika va geol.kimyo fanlari boʻlimida ilmiy kotib (1948—50). Ilmiy ishlari deformatsiyalanuvchan qattiq jismlar, suyuqlik va gaz mexanikasi nazariyalariga doyr.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Buzin Yevgeniy Ivanovich" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil