Boʻzgontepa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Buzgontepadan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Boʻzgontepa, Buzgontepa — arxeologik yodgorlik (milodiy 1—16-asrlar). Toshkent shahrining sharqiy chekkasida (Chingeldi degan joyda), Chirchiq daryosining oʻng sohilida joylashgan istehkomsiz arkli qishloqharobasi. 1949 yil I. Baishev va M. Masson tomonidan qayd qilingan. 1978—79 yillarda Toshkent arxeologiya ekspeditsiyasi (I. A. Ahrorov, Oʻ. Alimov) B.ning 1—3-asrlardan mavjudligini va Hovunchi madaniyatiga mansub dehqonchilik qishlogʻining harobasi ekanini aniqladi. 3-asrda xom gʻishtlardan bino qilingan mudofaa devori arkning mustahkam fortifikatsiya inshooti boʻlib qolgan. U 6— 8-asrlarda qoʻshimcha tashqi mudofaa devorlari bilan bir necha bor mustahkamlanib, Chirchiq sohilida Choch poytaxti va uning dehqonchilik vohasini shim.sharq tomondan keladigan koʻchmanchilardan toʻsib turgan muhim istehkomga aylangan. 8-asr 1choragida arab fotixlari tomonidan vayron qilingan. 10—12-asrlarda qayta tiklanib, Movarounnahrdan oʻtgan savdo yoʻlining shim. qismidagi muhim qarorgohdan biriga aylangan. Bu davrda u arab manbalarida Jabgʻukash deb atalgan va Choch poytaxti Binkatdan 2 farsax uzoklikda Chirchiq sohilida joylashgan. 13-asr boshida moʻgʻullar bosqini vaqtida vayron boʻlgan. B. 14-asr oxiri — 15-asrdan qayta tiklanib, Sharq mamlakatlariga boradigan savdo yoʻlidagi soqchilik qarorgohlaridan biri sifatida vodiyda muhim rol oʻy nagan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Boʻzgontepa" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil