Buxoro raqsi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Buxoro raqsi — o‘zbek xalq raqs uslubi. Buxoro muzofotida shakllangan va rivojlanib kelgan. Harakatlarining mardonavor va shiddatliligi, qayrilish, yarim qayrilish, shox va charxlarga boyligi bilan ajralib turadi. Tizzalar sal bukilib, qomat g‘oz tutilgan, kiftlar orqaga tashlanib bosh ko‘tarilgan holatda ijro etiladi. Qo‘l ba’zan tez, ba’zan mayin, egiluvchan harakatlanadi. Raqs turi va o‘yin joyiga qarab harakatlar silsilasi o‘zgaradi. Ijrochining libosi raqs obrazlariga aniklik beradi. Buxoro raqqosalari, odatda, yoqa, yeng , etaklari zehiga kashta (ba’zan zardan) tikilgan keng ko‘ylak, oyoqlariga poshnasi baland guldor etik kiyib, boshlariga peshonaband yoki tilla qasava bog‘lab, bilaklariga zangila, ko‘kraklariga zebigardon va boshqa zebiziynat taqishgan. Raqqoslar kundal, adras, kimxob kabi matolardan keng qilib tikilgan kamzul yoki zardo‘zi yaktak, yakrang shoyidan salla o‘rab, oyoqlariga poshnali baxmal etik

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil