Butunjahon suv-botqoqlar kuni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Butunjahon suv-botqoqlar kuni (inglizcha: World Wetlands Day) ― har yili 2-fevralda butun sayyorada nishonlanadigan xalqaro kundir[1].

Tarix[tahrir | manbasini tahrirlash]

Butunjahon suv-botqoqlar kuni 1997-yildan beri butun dunyoda nishonlanadi.

Bu kunni nishonlash sanasi tasodifan tanlanmagan: aynan shu kuni, 1971-yil 2-fevralda Eronning Ramsar shahrida (Mozandaron viloyati) „Suv-botqoq yerlar toʻgʻrisidagi konventsiya“ (inglizcha: Convention on Wetlands) imzolangan edi. Ushbu hujjat „Ramsar konventsiyasi“nomi bilan mashhur. „Suv-botqoq yerlari toʻgʻrisidagi Konventsiya“ xalqaro ahamiyatga ega boʻlgan suv-botqoq yerlarini (asosan, suv qushlarining yashash joylari) himoya qilish uchun imzolandi.

2006-yil 18-yanvar holatiga koʻra ushbu Konvensiyaning ishtirokchilari 150 ta davlat boʻlgan. Ramsar konvensiyasiga qoʻshilish shartlaridan biri, unga qoʻshilishni istagan mamlakat hududida kamida bitta „Ramsar hududi“ ni yaratishdir. Shunday qilib, Rossiya Federatsiyasida „Ramsar uchastkalari“ federatsiyaning 21 ta sub’ekti hududidagi 35 ta suv-botqoq yerlarini oʻz ichiga oladi, ularning umumiy maydoni oʻn million gektardan ortiq.

Ushbu xalqaro kun tashkilotchilari turli tadbirlarni oʻtkazib, turli mamlakatlar jamoatchiligi va rahbariyatining eʼtiborini suv qushlarining yashash joylariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda boʻlish va yer sayyorasi ekotizimidagi suv-botqoq yerlarining ahamiyatiga qaratishni maqsad qilib qoʻygan[2].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]