Kontent qismiga oʻtish

Butunjahon qozoqlar qurultoyi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Butunjahon qozoqlar qurultoyi (qozoqcha: Қазақтардың Дүниежүзілік құрылтайы) – 1992-yilning 28-sentyabridan 4-oktyabrigacha Olmaoti shahrida oʻtkazildi. Unda dunyoning 30 davlatidan kelgan qozoq diasporasining vakillari ishtirok etdi. Qurultoyda uning qarori bilan Butunjahon qozoqlar uyushmasi tashkil etildi[1]. Qurultoy ishtirokchilari mamlakatning qadimiy siyosiy, tarixiy va madaniy markazlariga – Turkiston, Jezqozgʻon, Ulitov kabi joylarga tashrif buyurib, tanishdilar. Ular Qozogʻiston xalqiga, dunyo davlatlari va xalqlariga hamda ularning hukumatlariga murojaat qabul qildilar.

„Bizning quchoqlarimiz vatandoshlarimiz uchun har doim ochiq“ mavzusida maʼruza qilgan oʻsha davrdagi Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarbayev. Qurultoyda Butunjahon qozoqlar uyushmasini tashkil etish eʼlon qilinib, uning raisi sifatida Nursulton Nazarbayev saylandi.

Jahon qozoqlari assotsiatsiyasi raisining birinchi oʻrinbosari T. Mamashov.

Jahon qozoqlari qurultoyi har 5 yilda bir marta oʻtkaziladi. Navbatdagi, beshinchi qurultoy 2017-yilning 22—25-iyun kunlari Ostona shahrida oʻtkazildi.

  • I Butunjahon qozoqlar qurultoyi –— 1992-yil 29-sentabrdan 3-oktabrga qadar Olmaota shahrida birinchi Butunjahon qozoqlari qurultoyi boʻlib oʻtdi.
  • II Butunjahon qozoqlar qurultoyi – 2002-yil 24-oktabrda Turkiston shahrida ikkinchi jahon qozoqlari qurultoyi boʻlib oʻtdi[2]. Ushbu qurultoyda Qozogʻistonning milliy tiklanishi toʻgʻrisidagi deklaratsiya qabul qilindi[1].
  • III Butunjahon qozoqlar qurultoyi – 2005-yil 26—30-sentyabr kunlari Ostonada 32 davlatdan (Xitoy, Avstriya, Norvegiya, Chexiya va boshqalar) 300 dan ortiq delegatlar, shuningdek, Qozogʻistonning barcha viloyatlaridan 200 dan ortiq vakillar qatnashdi. Qurultoyda Prezident N. Nazarboyev ishtirok etdi.
  • IV Butunjahon qozoqlar qurultoyi – Ostona, 2011-yil 25—27-may. Oldingi uchta Qurultoydan farqli oʻlaroq, qozoqlarning IV Qurultoyiga turli mamlakatlar va Qozogʻistondan yoshlar, yoshlar tashkilotlari yetakchilari, talabalar birlashmalari taklif etilgan.
  • V Butunjahon qozoqlar qurultoyi – Ostona, 2017-yil 22—25-iyun. Unda mamlakat prezidenti Nursulton Nazarboyev ishtirok etdi. Davlat rahbari delegatlarni tabriklab, ularga samarali faoliyat tiladi.
  1. 1,0 1,1 Казахстан за годы независимости. КИСИ, 2005 — 45-bet. ISBN 9965-458-32-4. 
  2. „В Нур-Султане проходит III Всемирный курултай казахов с участием президента РК“. 2018-yil 24-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 28-iyun.