Butun rossiya favqulodda komissiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Butun rossiya favqulodda komissiyasi (VCHK) - aksilinqilobiy harakatlar va sabotajga qarshi kurash maqsadida tuzilgan organ (1917—22). 1917 yil dekabrda F. E. Dzerjinskiy raisligida tuzilgan. 1918 yilda mahalliy gubernya, uyezd (1919 yil yanvarda bekor qilingan), transport, front va armiya favqulodda komissiyalari tashkil etilgan. Asosan siyosiy prinsip negizida ommaviy ravishda shafkatsiz qatag‘onlar uyushtirgan, "qizil terror"ni amalga oshirgan. 1922 yilda Davlat siyosiy boshqarmasi (GPU) qilib qayta tuzilgan (yana qarang Davlat xavfsizlik organlari).

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil