Butilka burunlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Vikipediya:TaksonomiyaHow to read a taxobox
Butilka burunlar
Southern bottlenose whale size.svg
Faroe stamp 200 Hyperoodon ampullatus.jpg
Biologik klassifikatsiya
Olam: Hayvonlar

Butilka burunlar (Hypereodon) — kitlar urugʻi. Uz. 9,4 m gacha. Tanasi toʻq kulrang , qorin tomoni oqish tusli. Peshonasida yogʻ moddasidan hosil boʻlgan qiya boʻrtigʻi bor. Tishlari konussimon, 2 juft, pastki jagʻlarida joylashgan. 2 turi maʼlum. Doʻng peshona Butilka burunlar (N. ampullatus) Atlantika okeanining shim. qismida uchraydi, Oq, Barens va Boltiq dengizlariga ham kiradi. Hozir deyarli qirilib ketganligi sababli Xalqaro Qizil kitobga kiritilgan. Yassi peshona Butilka burunlar (N. planifrons) uz. 7,5 m gacha, Jan. yarim sharda uchraydi. Butilka burunlar boshoyokli mollyuskalar bilan oziqlanadi, ancha chuqur va uzok, (baʼzan 1 soatdan koʻproq) shoʻngʻiydi. Ochiq dengizda ovlash man qilingan (1978 yildan) (rasm Kitsimonlar maqolasida beriladi).

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil