Butil spirtlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Butil spirtlar, butanollar, S4N,ON — bir atomli spirtlar. Mol. m. 74,12. Rangsiz suyuqlik, oʻziga xos hidi bor. Toʻrtta izomeri maʼlum: birlamchi (butanol1) SN3SN2SN2SN2ON, ikkilamchi (butanol2) SN3SN2SNONSN3, izobutil (2metilpropanol1) (SN3)2 SNSN2ON, uchlamchi (uchmetilkarbinol) (SN3)3SON. Butanol1 bilan butanol2 da uglerod atomlarining tarmoqlanmagan zanjirlari bor. Izobutil Butil spirtlar da asimmetrik uglerod atomi boʻlganligi sababli uch shaklda mavjud: ulardan ikkitasi optik faol, uchinchisi ratsemik (inaktiv) shakldir. Butil spirtlar etil spirt va efir bilan yaxshi aralashadi, spirtlarga xos hamma reaksiyalarga kirishadi, uglevodlarni bijgʻitish yoʻli bilan, shuningdek sintetik usulda olinadi. Loklar, sellyuloza, smolalar ishlab chiqarishda erituvchi sifatida, yuvish vositalarini sintez qilishda ishlatiladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil