Butadiyenstirol kauchuklar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Butadiyenstirol kauchuklar, divinilstirol kauchuklar — butadiyen bilan stirolning sopolimerlari. Butadiyenstirol kauchuklar monomerlarni suvli emulsiyada 5° (past trali) yoki ~50°da (yuqori trali) sopolimerizatsiyalab olinadi. Ularda boglangan stirol miqdori 8,23 yoki 45% atrofida boʻladi. Butadiyenstirol kauchuklar k. och sariq rangli birikma boʻlib, aromatik va alifatik uglevodorodlarda eriydi, surkov moylari bilan taʼsirlashadi, ketonlar, suyultirilgan va konsentrlangan kislotalar taʼsiriga chidamli; suvga chidamliligi jihatidan tabiiy kauchukdan yuqori turadi. Butadiyenstirol kauchuklar k.ni vulkanizatsiyalash uchun asosan oltingugurt ishlatiladi. Tarkibida 8% atrofida bogʻlangan stirol boʻlgan Butadiyenstirol kauchuklar k. dan yasalgan rezina elastik va sovuqqa chidamli. Ular avtomobil shinalari, transportyor tasmalari va boshqa narsalar ishlab chiqarishda qoʻllaniladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil