Butadiyen kauchuklar
Qiyofa
Butadiyen kauchuklar, divinil kauchuklar — butadiyenni polimerlab olinadigan sintetik kauchuklar. Ularga butadiyennatriy, butadiyennitril, butadiyenstirol, polibutadiyen va boshqa kauchuklar kiradi. Butadiyen kauchuklarni olishda katalizatorlar sifatida ishqoriy metallar (asosan natriy) qoʻllanadi. Butadiyennatriy kauchuk jahonda ilk bor olingan sintetik kauchukdir. Uni Rossiyada 1932-yilda sanoat miqyosida ishlab chiqarila boshlangan. Butadiyen kauchuklar organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Polibutadiyen kauchuk avtomobil shinalari, poyabzal tagliklari, kabel qoplamalari va turli xil rezina buyumlari tayyorlashda qoʻllanadi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |