Stavrolit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(But toshdan yoʻnaltirildi)

Stavrolit (yun. stauros — but va lithos — tosh), but tosh — silikatlar kichik sinfiga mansub mineral. Kimyoviy tarkibi Gʻe2A13[8YU4]4O7(ON)boʻlib, unda GʻeO15,8%, A12O355,9%, SiO2—26,3%, N2O —2%ni tashkil qiladi. S.ning ruxS. (ZnO— 7,5%gacha), lyusakit (So—8,5%gacha va NiO—0,9%gacha), nordmarkit (Mp2O3— 11,6%gacha) xillari maʼlum. Monoklin singoniyada kristallanadi. Kristallari donador agregatlar boʻlib, butsimon qoʻshaloqlik xos. Qattiqligi 7—7,5; oʻrtacha zichligi 3,7 g/sm³. Moʻrt. Yaltiroqligi shishasimon. Rangi qizilqoʻngʻirdan qoʻngʻirroqqoragacha, kamdankam shaffof boʻladi. S. baʼzi kristalli slanetslarning jins hosil qiluvchi minerali hisoblanadi. S. metamorfik jinslarning oʻziga xos minerali boʻlib, asosan, kristalli slanetslarda regional metamorfizmning amfibolitli fatsiyasida (muskovitSli, kianitS.li, sillimanitS.li) hamda gneyslarda tarkalgan. Kam uchraydigan shaffof kristallari baʼzan bezak tosh sifatida ishlatiladi. S. Rossiyada Ural, Shimoliy Kareliya, Oltoy sochmalarida; shaffof kristallari Baykaloldida, AQSH, Avstriya va Germaniyada uchraydi.