Bussol

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bussol (frans. boussole — quticha) — 1) joydagi yoʻnalishlarning magnit azimutini oʻlchash uchun moʻljallangan asbob. Ishi magnit meridiani bilan biror predmetga tomon yoʻnalgan chiziq orasidagi gorizontal burchaklarni oʻlchashga asoslangan. B.ni mukammallashtirilgan kompas deyish mumkin. Kichik joylarning uncha aniqmas gorizontal tarxini olishda ishlatiladi. Oʻlchash uchun B.ni shtativ ustida burib, magnit milining shim. uchi limbdagi 0° ga toʻgʻriladi. Soʻngra koʻz va predmet dioptrlari orqali oʻtgan chiziq yoʻnalishining magnit azimuti aniqlanadi. B. asosan topogeodezik ishlarda qoʻllaniladi. Marksheyder sʼyomkalari va kon qazilmalarini topishda osma B. dan foydalaniladi; 2) harbiy ishda tup va minomyotni nishonga toʻgʻrilash, nishonni koʻrsatish, nishonni nazorat qilish, dushman joylashgan yerlarni, artilleriya turgan joylarni aniklash maqsadida artilleriya B. ishlatiladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil