Bussengo Jan Batist

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

BUSSENGO (Boussingault) Jan Batist (1802.2.2 Parij 1887.11.5) - fransuz kimyogari, agrokimyo asoschsharidan biri. Parij Fanlar akademiyasi aʼzosi (1839). Ilmiy ishlari oʻsimliklar fiziologiyasi va agrokimyo masalalariga bagʻishlangan. U oʻsimliklarning ildizdan oziqlanishi, oʻgʻitlarni qoʻllash, tabiatda moddalarning doiraviy aylanishi, azot almashinuvi, tuprokda azotning harakati, dukkaklilardan boshqa jami oʻsimliklar azotni tuprokdan oʻzlashtirishi va boshqa masalalarini ishlab chiqdi, yashil oʻsimliklar uchun havodagi SO2 uglerod manbai ekanligini aniqladi. Fiziologiya va agronomiyada vegetatsion usul asoschisi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil