Bussenar Lui Anri

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

BUSSENAR (Boussenard) Lui Anri (1847.4.10, Eskrenn 1910.11.9, Orlean) — fransuz yozuvchisi. B. asarlari oʻtkir mavzuli boʻlib, geografik, tabiiytarixiy maʼlumotlarga boy hamda insonparvarlik ruhi bilan sugʻorilgan. "Avstraliya orqali" (1879), "Gviana robinzonlari" (1882) romanlarida qiziqarli sarguzashtlar koʻp. "Doktor Sintez siri" (1888), "Muzliklar orasida oʻn ming yil" (1890) ilmiyfantastik romanlar muallifi. "Suzuvchi orol" (1898) va "Kalla kesar kapitan" (1901) romanlarida esa ezilgan xalqlar hayoti va qismatiga hamdardlik yaqqol koʻrinadi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil