Business Vocabulary in Use Advanced
| Muallif(lar) | Bill Mascull |
|---|---|
| Til | inglizcha |
| Nashr etilgan sanasi | 2004 |
| Nashriyot | Kembrij universiteti nashriyoti |
| Sahifalar soni | 132 |
| ISBN | ISBN 978-0-521-54070-4 |
„Business Vocabulary in Use: Advanced“ (tarjimasi „Amaldagi biznes soʻzlar lugʻati: Yetuk“) — zamonaviy ingliz tilidagi biznes atamalar va soʻzlarni oʻrganish uchun Bill Mascull tuzgan qoʻllanma. Ilk bor 2004-yil Kembrij shahrida Kembrij universiteti nashriyotida chop etilgan. Ingliz tilini B2 dan C1 darajasigacha oʻzlashtirganlar uchun moʻljallangan[1].
Qoʻllanma 50 bobdan iborat boʻlib, chap sahifada mavzu boʻyicha koʻrsatmalar, oʻng sahifada esa mashqlar berilgan. Qoʻllanmaga kiritilgan atama va misollar Kembrij til korpusiga (inglizcha: Cambridge International Corpus) tayanib tuzilgan[1].
„Business Vocabulary in Use: Advanced“ qoʻllanmasi bir necha marta qayta nashr qilingan. 2010-yil ikkinchi, 2017-yil uchinchi nashrlari bosilib chiqqan. Joy Godwin va Lyn Strutt „Test Business Vocabulary in Use Advanced“ nomli qoʻshimcha mashqlar toʻplamini tuzgan. Mascull „Business Vocabulary in Use Advanced“ eʼlon qilinishdan oldin dastlab ingliz tilini oʻrta darajada oʻzlashtirilgan oʻquvchilar uchun „Business Vocabulary in Use: Intermediate“ nomli qoʻllanmani tuzgan[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 Sharma, Pete „Business Vocabulary in Use: Advanced“. EL Gazette (3-iyul 2020). Qaraldi: 3-may 2025-yil.
- ↑ Carr, Louise „Business Vocabulary in Use: Intermediate Bill Mascull“. Language Trainers. 2022-yil 5-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-may 2025-yil.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Kitobga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |