Bushmeyster

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bushmeyster
Biologik klassifikatsiya
Olam: Hayvonlar

Bushmeyster, surukuku (Lachesis muta) — zaharli ilonlar turi. Chinqiroq ilonlar oilasining choʻnqirbosh viperalar urugʻiga mansub. Uzunligi 4,3 m, yoʻgʻonligi odam sonidek, viperalar ichida eng yirigi va zaharlisi. Terisi qizgʻishsariq, orqa tomonida romb shaklidagi qator qora naqshlari bor; qorni oq yoki sargʻishoq, chinnidek yaraqlaydi. Janubiy Amerika oʻrmonlarida yashaydi. U koʻpincha soya yerlarda kulcha boʻlib yotadi. Zahar tishi 2,5 sm cha, zahari oʻtkir. Odamga tashlanadi. Tuxum qoʻyib koʻpayadi. Turli jonivorlar bilan oziqlanadi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil