Buroq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Buroq (arab, "yarqiroq", "barq" soʻzidan) — islom rivoyatlarida juda tez chopadigan va uchadigan maxluqning nomi. Qurʼoni karimda zikr qilinishicha (17:1), Muhammad uni minib Makka shahridan "tungi sayr"da meʼrojga chiqqan. Rivoyat qilishlaricha, B. Muhammadni Kaba oldiga kelib kutib turgan, avvaliga u sarkashlik qilgan, hazrat Jabroil majbur etgandan soʻng boʻysungan. B. boshqa paygʻambarlar, chunonchi Ibrohim (as) va Dovud(as)ga ham xizmat qilgan, deydilar. B. goh ot, goho xachir shaklida, oq rangli, boʻyni choʻziq, quloqlari uzun, oyoqlarida qanoti boʻlgan deb taʼriflangan. Muhammad B.ga minib uchib ketayotganliklarini oʻrta asr shia miniatyuralarida ifodalashga harakat qilingan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil