Barangʻar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Burong‘ordan yoʻnaltirildi)

Barangʻar, barangʻor, burongʻor (turkcha — oʻng) — qadimgi turk-moʻgʻul xalqlarida harbiy-ma’muriy istiloh; 1) Chingiziylar saltanati barpo etilgunga qadar moʻgʻullar mamlakati oʻng qanot — barangʻar va soʻl qanot — juvangʻarga taqsimlangan. Chingizxon asos solgan ulkan saltanatda ham bunday boʻlinish aynan saqlangan. 14- asrning 40-yillarida Joʻji ulusi oʻng va chap qanotlarga boʻlingan. Oʻng qanot — Oq O'rda Botu va Shaybon, soʻl qanot — Koʻk Oʻrda Joʻjixonning toʻngʻich oʻgʻli Oʻrdaga tegishli mulklardan iborat boʻlgan; 2) Temur va Temuriylar, oʻzbek xonliklari davrida qoʻshinning oʻng qanoti. Boburning soʻzlariga qaraganda, Barangʻar qoʻshinning markaz qismi (qavl, gʻoʻl)ga boʻysunmagan va oliy bosh qoʻmondon (podshoh, xon yoki amir ul-umaro)ning buyrugʻi bilan ish koʻrgan. Eski oʻzbek tilida Barangʻar bilan bir qatorda oʻng, oʻng qoʻl kabi turkiycha; maymana, yamin singari arabcha nomlar ham ishlatilgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Barangʻar" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil