Burmalanish fazasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Burmalanish fazasi — burmalanish jarayonining rivojlanishidagi maʼlum bir davri. Uzoq vaqt uzluksiz davom etadigan tektonik harakatlar, ayniqsa burmalar hosil boʻlishida nisbatan qisqa davom etgan tezlanish hodisasi. Burmalanish fazasi jinslar yotishida burchak nomuvofiqligi bilan aniklanadi. Burmalanish fazasi tushunchasi 19-asrning 2choragida Orbini va Eli de Bamon ilmiy asarlarida qoʻllanilgan. Burmalanish fazasi ning aniq tushunchasi nemis olimi Shtille (1913, 1924 va keyingi yillarda) tomonidan berilgan. Uning fikricha, burmalar qisqa faza davomida vujudga keladi. Har qaysi burma alohida burmalanish fazasini anglatadi. Shtille Burmalanish fazasi lariga geografik nomlarni bergan (mas, Ardenna, Takon va boshqalar). Keyinchalik Shtille izohi rus olimlari Nalivkin (1936), Shatskiy (1937), Xain (1950) va boshqa tomonidan tanqid qilindi va unga koʻp tuzatishlar kiritildi. Xain regionlarni tavsiflashda Burmalanish fazasi ning namoyon boʻlishini stratigrafik intervaliga qarab atashni taklif etdi (mas, Eyfel oldi Burmalanish fazasi ).

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil