Burmaboʻyin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Burmabo‘yindan yoʻnaltirildi)

Burmaboʻyin (jynx torquUla) — kizilishtonlar turkumiga mansub qush. Afrika, Osiyo va Yevropada tarqalgan. Oʻzbekistonda oʻtroq yashamaydi (bahorda kelib, kuzda Hindiston va Eronga uchib ketadi). B. siyrak oʻrmon va bogʻlarda yashaydi. Boʻyining uz. 20 sm gacha boʻladi. Tuxumini daraxtlar kovagiga qoʻyadi, qushlarning tashlandiq uyalaridan foydalanadi. 6—12 ta tuxum qoʻyadi. Tuxumni, asosan urgʻochisi, u ovqatlanishga ketganda erkagi bosadi. B. chumolilar, oʻsimlik shiralari va boshqa hasharotlar bilan oziqlanadi. Hasharotlarni uzun va yopishqoq tili bilan poʻstloq orasidan yoki uyasidan tutib oladi. B. biror narsadan qoʻrqsa, boshi bilan boʻynini parmadek buraydi, shuning uchun u "burmaboʻyin" deyilgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Burmaboʻyin" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil