Burgʻilash minorasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Burg‘ilash minorasidan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Burgʻilash minorasi — burgʻi kudugi ustiga oʻrnatiladigan koʻtarish inshooti. Burgʻilash asbobi, zaboy dvigatellari, quduq devorini mustahkamlash quvurlarini tushirish va koʻtarish uchun moʻljallanadi. Koʻpincha metall konstruksiyali boʻladi. Burgʻilash minorasi , odatda, polistpast va tushirishkoʻtarish operatsiyalarini mexanizatsiyalash vositalari hamda burgʻilash quvurlari joylashtiriladigan kasseta bilan jihozlanadi. Burgʻilash minorasi ning balandligi quduqning loyihada koʻrsatiladigan chuqurligiga qarab 9 m dan 58 m gacha boʻladi. Burgʻilash minorasi 3—4 qirrali yoki kesik piramida koʻrinishida, shuningdek A simon shaklda quriladi. Minora traktorlar yordamida bir joydan ikkinchi joyga suriladi yoki alohida uzellarga ajratilib, yangi joyda qayta yigʻiladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Burgʻilash minorasi" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil