Burchak triseksiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Burchak triseksiyasi (lot. tri uch va sectio — qirqish) — biror burchakni 3 teng qismga boʻlish haqidagi masala; qad. mashhur 3 masalaning biri. Bular: Burchak triseksiyasi , doyra kvadraturasi va kubni ikkilantirish. Oʻrta asr arab manbalarida Burchak triseksiyasi algebra va trigonometriya masalalari bilan bogʻlanadi. 9—10-asrlarda Burchak triseksiyasi x3+px+q—O kub tenglamani yechishga keltiriladi. 15-asrda samarqandlik olim Jamshid ibn Masʼud alKoshiy juda aniq trigonometrik jadvallar tuzish va maʼlum sin3° asosida sin G ni hisoblash uchun kub tenglamani taqribiy hisoblash usulini qoʻllaydi. Eslatilgan masalalarning birontasini ham sirkul va chizgʻich yordamida yechib boʻlmaydi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil