Burchak oʻlchovlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Burchak o‘lchovlaridan yoʻnaltirildi)

Burchak oʻlchovlari 1) geodezik ishlarni bajarishda B.oʻ. teodolit yordamida amalga oshiriladi. Gorizontal burchaklar yuqori aniqlikda (oʻrta kvadratik nuqsoni — 0.5"—1,0"), aniq (2"—1") va texnikaviy aniqlikda (10"—30") oʻlchanadi. Teodolit yordamida vertikal burchaklarni ham oʻlchash mumkin; 2) kon ishlarida uncha aniklikni talab qilmaydigan marksheiderlik sʼyomkalarida gorizontal va vertikal burchaklar hamda masofalar kon burchak oʻlchagichi — taxeometr yordamida oʻlchanadi; 3) mashinasozlikda burchaklar prizmatik burchak oʻlchovlari, burchakliklar, konussimon kalibrlar, andazalar, tangens va sinus chizgʻichlari (lineykalari), noniusli burchak oʻlchagichlar, optik burchak oʻlchagichlar, boʻlish kallagi, teodolitlar, kvadrantlar, goniometrlar va boshqa asbob hamda moslamalar yordamida oʻlchanadi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil