Burchak oʻlchagich

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Burchak o‘lchagichdan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Burchak oʻlchagich — mashina detallari, keskich va oʻlchov asboblarining ikki tekisligi orasidagi burchakni oʻlchaydigan asbob. Nonius (qoʻshimcha shkala)li va optik xillari bor. N o niusli B.oʻ. 0° dan 120°gacha darajalarga boʻlingan yarim doyra 2, qoʻzgʻalmas chizgʻich /, vintli oʻq 8 da aylanadigan chizgich 6 dan iborat (rasm). Harakatlanuvchi chizgʻichga yarim doyra aylanasida sirpanuvchi nonius 5 mahkamlangan. Mahkamlagichlar 3 va 4 yordamida noniusli chizgʻich kerakli vaziyatda mahkamlanadi. 90°dan 180° gacha burchaklarni oʻlchash uchun tekshirilayotgan buyumning oʻlchanayotgan burchagi tekisligiga chizgʻich 1 va 6 lar toʻgʻrilanadi. Burchakning katgaligi yarim doyra va nonius shkalalaridan aniqlanadi. 0° dan 90° gacha burchaklarni oʻlchash uchun harakatlanuvchi chizgʻich 6 ga qoʻshimcha burchaklik kiygiziladi. Bu holda oʻlchanayotgan burchak tekisligiga qoʻzgʻalmas chizgich / bilan burchaklik 7ning tomonlari toʻgʻrilanadi. Optik B.oʻ. (mas, oʻlchash mikroskoplari)da burchak geometrik optika qonunqoidalariga asoslanib oʻlchanadi. Burchaklarni oʻlchashda adilak, kvadrant, proyektor, transportir kabi asboblardan ham foydalaniladi. burchak kattaliklarini ifodalaydigan birliklar. Asosiy yassi burchak oʻlchov b::rligi — gradus. Kichikroq burchaklar gradus ulushlari — minut (1/60 gradus) va sekund (1/3600 gradus)da oʻlchanadi. Osmon jismlarining holatlari va harakatlarini kuzatishda, hayotiy va texnik masalalarni hal qilishda B.oʻ.b.dan foydalaniladi. Burchakni oʻlchash boʻyicha alohida soha, yaʼni trigonometriya fani boʻlmagan davrgacha burchak oʻlchashga tegishli maʼlumotlar astronomiya zijlarida berilar edi. Mat. va astronomiya tarixidan 13—15-asrlarda yuzga yaqin zij yaratilganligi maʼlum. Zijlar orasida Muhammad Muso Xorazmiy ziji oʻrta asr Sharqida yaratilgan eng qad. zij hisoblanadi. Xorazmiyning zijida oltmishli sanoq tizimida bir darajadan oralatib berilgan sinuslar jadvali va bitta kasr belgisi boʻlgan kotangenslar jadvali bor. Yassi burchaklarni oʻlchash birligi sifatida radian ham qabul qilingan (mas, 30° li burchak ts/6 radianta teng). Burchak tezligi sekundga radian (rad/s) da, fazoviy burchak stereadin (sr)da oʻlchanadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Burchak oʻlchagich" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil