Ziyo Buniyotov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Buniyotov Ziyo Muso uglidan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search
Ziya Bunyadov - Fakhri Khiyaban.jpg

Buniyotov Ziyo Muso ugli (1923.21.12, Ozarbayjon, Astara shahri — 1997. 21. 2, Boku) — ozarbayjon sharqshunosi, Ozarbayjon FA akad. (1976), Ozarbayjonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1982), tarix fanlari d-ri (1964), prof. (1965). Ikkinchi jahon urushi Qahramoni (1945). Ozarbayjon FA Sharqshunoslik instituti direktori (198186, 198897). Ozarbayjon FA vitseprezidenti (1990—97). B.ning ilmiy faoliyati Ozarbayjon va unga qoʻshni Yaqin va Oʻrta Sharq davlatlari tarixi hamda madaniyati masalalariga bagʻishlangan. B. Qurʼoni karimning ozarbayjon tilidagi tarjimoni. U koʻplab oʻrta asr tarixchilari asarlarini arabchadan rus tiliga tarjima qilgan. B.ning "Xorazmshohlar — anushteginiylar davlati (1097— 1231)" nomli yirik tadqiqoti diqqatga sazovordir.

Manbalar[tahrir]

  • Gosudarstvo xorezmshaxov — anushteginidov (10971231), M., 1986; Krasniy terror, Baku, 1993.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil