Bundariy
| Bundariy | |
|---|---|
| Tavalludi |
1190 (?) |
| Vafoti | 1241/2-yildan keyin |
| Ijod qilgan tillari | Arab tili va Fors tili |
| Tanlangan asarlari |
„Shohnoma“ning arabcha tarjimasi Sana al-Barq ash-Shomiy Zubdat an-Nusra va nuxbat al-usra |
Qivomiddin al-Fath ibn Ali ibn Muhammad al-Bundariy al-Isfahoniy (arabcha: قوام الدين الفتح إبن علي محمد البنداري الإصفهاني; 1241/1242-yildan keyin vafot etgan) – eroniy yozuvchi, fors adabiyotining mashhur epik asari – „Shohnoma“ni arab tiliga tarjima qilgani bilan mashhur[1]. Asosan, Bundariy (بنداري) yoki al-Bundariy (البنداري) nomlari bilan tanilgan.
Hayoti haqidagi yagona maʼlumot oʻz asarlarida uchraydi. Ehtimol, nufuzli oiladan chiqqan, „Bundariy“ nisbasi oilasining muhim maʼmuriy mansab – bundar bilan bogʻliqligidan kelib chiqqan[1].
Bundariy Isfahon shahrida tugʻilib, voyaga yetgan[1]. Ushbu shahar gʻarbiy Eronga toʻgʻri keladigan Fors Iroqi (Iroq-i Ajam) hududida joylashgan[2]. Zamonaviy tarixchilar az-Zirikliy va Jaliliy uning 1190-yilda tugʻilganini qayd etishgan. Biroq eronshunos Azartash Azarnoosh bu sanani ishonchsiz deb hisoblaydi[3]. Bundariy XIII asr boshlarida beqaror ahvolga tushib qolgan vatanini tark etgan koʻplab eroniy elitalardan biri edi. 1223-yilga kelib, Suriyadagi Damashq shahrida boʻlgan va u yerda Ayyubiylar hukmdori al-Muʼazzam Iso (h. 1198–1227) homiyligidan bahramand boʻlgan. Bundariy oʻz asarlarining asosiy qismini aynan unga bagʻishlagan. Al-Muʼazzam Iso 1227-yilda vafot etgach, Bundariy ehtimol Damashqni tark etgan. Shundan soʻng, Xorazmshohlar hukmronligi ostida boʻlgan Isfahonga qaytgan boʻlishi mumkin. Yana bir ehtimolga koʻra, Bagʻdodga yoʻl olgan va u yerda 1241/1242-yillarda boʻlgani qayd etilgan[1].
Bundariy, shuningdek, yana ikki asar muallifi ham boʻlgan. Bular „Sano al-Barq ash-Shomiy“ va „Zubdat an-nusra va nuxbat al-usra“ asarlaridir[3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1 2 3 4 Durand-Guédy 2013.
- ↑ Bosworth 1998, s. 538.
- 1 2 Azarnoosh 2021.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Andoza:Encyclopaedia Islamica
- Bosworth, C. Edmund (1998). "ʿErāq-e ʿAjam(ī)". in Yarshater, Ehsan. Encyclopædia Iranica, Volume VIII/5: English IV–Eršād al-zerāʿa. London and New York: Routledge & Kegan Paul. 538 b. ISBN 978-1-56859-054-7. https://www.iranicaonline.org/articles/eraq-e-ajami.
- Durand-Guédy, David (2013). "al-Bundārī, al-Fatḥ b. ʿAlī". in Fleet, Kate; Krämer, Gudrun; Matringe, Denis et al.. Encyclopaedia of Islam (3- nashri). Brill Online. ISSN 1873-9830. https://referenceworks.brillonline.com/entries/encyclopaedia-of-islam-3/al-bundari-al-fath-b-ali-COM_25422.
Qoʻshimcha oʻqish uchun
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Askari, Nasrin. The medieval reception of the Shāhnāma as a mirror for princes. Brill, 2016. ISBN 978-90-04-30790-2.
- Peacock, A. C. S.. The Great Seljuk Empire. Edinburgh University Press, 2015 — 1–378-bet. ISBN 978-0-7486-3826-0.
- Tetley, Gillies. The Ghaznavid and Seljuk Turks: Poetry as a Source for Iranian History. Routledge, 2008. ISBN 978-1-134-08438-8.