Buluggin ibn Ziriy
| Buluggin ibn Ziriy | |||||
|---|---|---|---|---|---|
| Magʻrib amiri | |||||
|
Jazoirning Kasbah tepaligidagi Buluggin ibn Ziriy haykali | |||||
| Saltanat | 972 — 984-yil 25-may[1] | ||||
| Davomchisi | Al-Mansur ibn Buluggin | ||||
| Tugʻilishi | Titteri mintaqasi (hozirgi Jazoir) | ||||
| Vafoti |
984-yil 25-may Sijilmasa[2] yoki Ouarekcen[3] | ||||
| Farzandlari |
Al-Mansur ibn Buluggin Hammad ibn Buluggin Ibrahim ibn Buluggin Yattufat ibn Buluggin [4] | ||||
| |||||
| Uy | Ziriylar | ||||
| Otasi | Ziriy ibn Manad | ||||
Buluggin ibn Ziriy Fotimiy xalifalar davrida Sanhaja berberlarining Ifriqiya noibi lavozimida xizmat qilgan Ziriylar sulolasining birinchi hukmdori. Toʻliq ismi Abulfutuh Sayfuddavla Bulukin ibn Ziriy ibn Manad as-Sanhajiy (arabcha: أبو الفتوح سيف الدولة بلكين بن زيري بن مناد الصنهاجي; 984-yil 25-mayda vafot etgan). Buluggin oʻzidan keyin ham mintaqani boshqarishda davom etgan sulolaga asos solgan[5][6].
Jazoir shahri tarkibidagi Bologʻine shaharchasi uning nomi bilan atalgan.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Buluggin hozirgi Jazoir hududida joylashgan Titteri mintaqasida tugʻilgan[7]. Otasi Ziriy ibn Manad Magʻrib amiri boʻlgan Buluggin ibn Ziriy 960-yilda qadimgi Rim shahri Ikozium oʻrnida Jazoir shahrini barpo etdi. Shuningdek, Medea va Miliana shaharlariga ham asos soldi. Turli isyonlar natijasida vayron qilingan qishloqlarni ham qayta qurdi[8]. 971-yilda otasi xorijiy berber qabilalariga qarshi jangda halok boʻlgach, Fotimiy xalifa al-Muʼizz li-dinillah Buluggin ibn Ziriyni Magʻrib amiri etib tayinladi. Otasi Manad Abu Ziriyning vakolatlariga qoʻshimcha ravishda, xoin Jaʼfar ibn Ali boshqargan Zab va MʼSila hududlarini ham oʻz tasarrufiga oldi[9]. Bulugginga taqdim etilgan shon-sharaf Kutama qabilasining hasadini qoʻzgʻashi mumkin edi[10]. Al-Muʼizz li-dinillah Sitsiliya boshqaruvini Kalbiylarga, Tripolini esa Abdulloh ibn Yaxlof al-Kutamiyga topshirdi[11].
Buluggin Zenatalarga qarshi kurashni davom ettirdi. Magʻrava oʻz hududlari va shaharlarini qaytarib olishda uchun Qurtuba Umaviylaridan yordam soʻradilar. Shundan soʻng, Buluggin Fotimiylar xalifasi buyrugʻi bilan deyarli butun Magʻribni oʻz nazoratiga oldi[10]. Buluggin magʻrava, havvara (branis qabilasi tarmogʻi), nefzava (zenata qabilasi tarmogʻi) hamda mazatani magʻlub etdi. Koʻplab asirlar Ashir qishlogʻiga koʻchirildi[10].
Fotimiylar poytaxtni Mahdiyadan Qohiraga koʻchirdilar. Soʻngra, Buluggin poytaxti Qayravon boʻlgan Ifriqiya noibi etib tayinlandi[12][13]. Fotimiylar xazina va harbiy-dengiz flotini oʻzlari bilan Misrga olib ketgan edilar. Shu sababli, Ziriylar hukumatining eng muhim vazifasi oʻz hokimiyatini mustahkamlash edi. Biroq, flotning yoʻqotilishi Sitsiliyadagi kalbiylar ustidan nazoratning yoʻqotilishiga olib keldi. Buluggin Fos, Sijilmasa va Marokashning Atlantika okeanigacha boʻlgan katta qismini egallab oldi[14]. Marokashdagi yurish davomida Bargʻavata qabilasiga qarshi kurash olib borgan. Biroq, Kordova amirligi Seuta va Tanjer qalʼalarini saqlab qolishga muvaffaq boʻldi. Shunday boʻlsa-da, Buluggin Fotimiylarga vassal boʻlib qoldi. Ayni vaziyatda Fotimiylarga oʻlpon toʻlashga majbur edi. Chunki atrofi uni qoʻllab-quvvatlash bilan birga nazorat qilish vazifasini ham bajaradigan maslahatchilarga toʻla edi. Fotimiylar oʻzlari bilan boylik va harbiy qurol-uskunalarni olib ketishgan edi. Shuning uchun Ziriylarning eng muhim vazifasi oʻz hukmronligini mustahkamlash edi. Biroq, Fotimiylar harbiy-dengiz kuchlarining Misrga koʻchishi Sitsiliyada kalbiylar nazorati ostidagi hududlarni saqlab qolish imkoniyatini yoʻqqa chiqardi.
Buluggin Ziriy xalifadan „Gʻalabalar otasi“ maʼnosini anglatuvchi Abulfutuh hamda „Imperiya qilichi“ maʼnosini bildiruvchi Sayfuddavla unvonlarini oldi[11][15]. 977-yilda Al-Muʼizz li-dinillahning vorisi Abu Mansur Nizar al-Aziz Billoh Bulugginning avvalgi mulklariga qoʻshimcha ravishda Tripoli, Ajdabiya va Sirt shaharlarini ham unga berdi[11]. Fos va Sijilmasani zabt etadi, ammo Seuta oldida toʻxtab qoladi.Bu shaharni zabt etish imkoni yoʻq, deb hisoblagani va Andalusiyadan dengiz orqali Zenatalarning qoʻshimcha kuchlari kelayotganidan xabar topgach, ortga qaytishga qaror qildi[15]. 979-yilgi yurishda oʻzini paygʻambar deb eʼlon qilgan Bargavata hukmdorini jazolab, koʻp sonli marokashlik qullarni olib keldi. Uning qoʻmondoni qullarni koʻchalarda namoyish qilganda ilgari bunchalik koʻp qulni bir vaqtning oʻzida koʻrmagan Ifriqiya aholisi hayratga tushdi[16].
Bulugginning shaxsiy hayoti haqida kam maʼlumot saqlanib qolgan. Biroq, tarixchilarning yozishicha, uning atrofida koʻplab ayollar boʻlgan. Magʻrib boshqaruviga kirishidan avval 400 ta kanizagi boʻlgani va bir kunda oʻn yettita farzandi dunyoga kelgani haqida xushxabar olgani qayd etilgan[17].
984-yil 25-may (hijriy 373-yil zulhijja oyining 21-kuni), yakshanba kuni Buluggin vafot etgach, oʻgʻli al-Mansur otasining barcha vakolatlarini oʻz zimmasiga oldi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Hadi, Roger Idris. La Berberie Orientale Sous les Zirides, 1962 — 60-bet.
- ↑ Hadi, Roger Idris. La Berberie Orientale Sous les Zirides, 1962 — 60-bet.
- ↑ Petite histoire de la Tunisie / Par Mlle L. Métivier ; avec une introduction de M. d'Estournelles de Constant, 1910.
- ↑ Hadi, Roger Idris. La Berberie Orientale Sous les Zirides, 1962 — 140-bet.
- ↑ Bosworth, Clifford Edmund. The New Islamic Dynasties (en). Columbia University Press, 1996 — 35–36-bet. ISBN 978-0-231-10714-3.
- ↑ Jiwa, Shainool. The Fatimids: 1 - The Rise of a Muslim Empire (en). Bloomsbury Publishing, 2017 — 134–135-bet. ISBN 978-1-78673-174-6.
- ↑ Golvin, Lucien (1983). "Buluggîn fils de Zîri, prince berbère". Revue des mondes musulmans et de la Méditerranée 35 (1): 93–113. doi:10.3406/remmm.1983.1983. https://www.persee.fr/doc/remmm_0035-1474_1983_num_35_1_1983.
- ↑ Khaldūn, Ibn. Histoire des Berbères et des dynasties musulmanes de l'Afrique Septentrionale (fr). Impr. du Gouvernement, 1854.
- ↑ Lévi-Provençal, Evariste. Histoire de l'Espagne musulmane (fr). Maisonneuve et Larose, 1999. ISBN 978-2-7068-1387-0.
- 1 2 3 Khaldūn, Ibn. Histoire des Berbères et des dynasties musulmanes de l'Afrique Septentrionale (fr). Impr. du Gouvernement, 1854.
- 1 2 3 Khaldūn, Ibn. Histoire des Berbères et des dynasties musulmanes de l'Afrique Septentrionale (fr). Impr. du Gouvernement, 1854.
- ↑ Julien, Charles André. Histoire de l'Afrique du Nord : des origines à 1830. Paris: Payot, 1994 — 404-bet. ISBN 2-228-88789-7. OCLC 32160417.
- ↑ Brett, Michael. Fatimid Empire (en). Edinburgh University Press, 2017-02-03. ISBN 978-1-4744-2151-5.
- ↑ ; Noelle Watson; Paul SchellingerMiddle East and Africa: International Dictionary of Historic Places. Routledge, 5 March 2014 — 36-bet. ISBN 978-1-134-25986-1.
- 1 2 Khaldūn, Ibn. Histoire des Berbères et des dynasties musulmanes de l'Afrique Septentrionale (fr). Impr. du Gouvernement, 1854.
- ↑ Hady Roger, Idris. La berbérie oriental sous les Zirides. Adrien-Maisonneuve, 1962 — 57 58-bet. Qaraldi: 2020-yil 21-avgust (2021-yil 31-avgustda asl nusxadan arxivlangan).
- ↑ Akyeampong, Emmanuel Kwaku; Jr, Professor Henry Louis Gates (2012-02-02). Dictionary of African Biography. Oxford University Press. p. 232. ISBN 978-0-19-538207-5.
- Qirollik bilgiqutisida nomaʼlum parametrlar qoʻllangan sahifalar
- 984-yilda vafot etganlar
- 10-asr berberlari
- 10-asr Fotimiylar xalifaligi kishilari
- 10-asr Afrikadagi monarxlar
- Fotimiylar xalifaligining vassal hukmdorlari
- Sanhaja
- Tugʻilgan yili nomaʼlum boʻlgan kishilar
- Ifiriqiyaning ziriy amirlari
- Shahar asoschilari
- 10-asr Ifriqiya kishilari