Aleksey Butakov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Bulgakov Aleksey Ivanovichdan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search
Алексей Бутаков

Aleksey Ivanovich Butakov (1816.19.2, Kronshtadt — 1869.10.7, Shvalbax, Germaniya) — rus dengiz sayyohi, kontradmiral. 1840—42 yillarda "Abo" transport kemasida dunyo boʻylab sayohat qilgan. 1848—49 yillarda Orol dengizida gidrografik tekshirishlar olib borgan. Oʻz ekspeditsiyasi toʻplagan materiallar asosida Orol dengizi hamda shu dengizda kemalar qatnovi haritasini tuzib, 1850 yilda nashr ettirgan. Sirdaryo quyi oqimini (1855), Amudaryo deltasini (1859) tekshirgan, Sirdaryo oʻrta oqimini tavsiflagan. 1857—59 yillarda Orol harbiy flotiga qoʻmondonlik qilib Xiva xonligi yerlarini bosib olish maqsadida uyushtirilgan rus harbiy ekspeditsiyalarida faol qatnashgan. B. oʻzining tadqiqotlari bilan Turkiston xonliklarini bosib olinishiga koʻmaklashgan. 1863 yildan umrining oxirigacha Boltiq dengizida xizmat qilgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil