Kontent qismiga oʻtish

Bulent Rauf

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Bulent Rauf
Tugʻilgan 1911
Oʻlgan 1987 (75–76 yosh)  
Rafiqasi
Misrning Fayza malikasi

Bulent Rauf (1911-yil, Istanbulda tugʻilgan – 1987-yil, Chisholme House, Roberton, Shotlandiya chegaralarida vafot etgan) – turk-ingliz tarjimoni va yozuvchi. 1945-yildan 1960-yillarning boshigacha Misr qiroli Farukning singlisi malika Fayza bilan turmush qurgan va birgalikda hayot kechirgan.

Bulent Rauf hayotining koʻp yillarini islomiy „barcha mavjudotning yagona Mutlaq Birligi“ (tavhid) konsepsiyasini oʻrganishga bagʻishlagan. Britaniyalik mistik va yozuvchi Reshad Feild oʻzining mashhur „Oxirgi toʻsiq“ (The Last Barrier) kitobida uni „Hamid“ nomi bilan tasvirlab, uni oʻzining „ustoz“i deb bilgan. Biroq, Bulent Rauf islomiy nuqtai nazarni taʼkidlab, Muhammadni oxirgi paygʻambar deb bilgan va har bir inson oʻz hayoti tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri oʻrgatilishini, vositachisiz taʼlim olishini yaʼniy har bir insonning hayoti oʻzi uchun saboq va oʻrgatilgab taʼlim bu narsalarni olishda hech kimning faoliyati kerak emas deb taʼkidlagan. Raufning asosiy adabiy ishi Ibn Arabiyning „Fusus al-Hikam“ (Donolik bezaklari) asarining toʻliq ingliz tiliga tarjimasi boʻlib, u Ismoilga tegishli boʻlgan toʻrt jildlik kitob boʻlib Usmonli sharhini ham oʻz ichiga olgan va uni chiroyli tarzda bayon qilib bergan.

Bulent Rauf 1975-yilda Shotlandiyadagi Beshara Esoterik Taʼlim Maktabini tashkil etishda muhim oʻrin tutgan va tashkil etuvchilar orasida birinchilardan boʻlgan. 1975-yildan oʻlimigacha Chisholme va Turkiyada yashagan va vaqtining qolgan qismini Turkiya shahri bilan bogʻlagan va oʻsha davr mobaynida maktab maslahatchisi boʻlib faoliyat olib borib taʼlim oluvchilarga koʻp foydasi tekkan.

Bulent Rauf soʻfiy tasavvufchi Ibn Arabiy ijodini targʻib qilishga bagʻishlangan Muhyiddin Ibn Arabiy jamiyatining birinchi prezidenti boʻlib faoliyat olib borgan va uning asarlarini tarjima qilish va nashr etishni ragʻbatlantirgan shaxs hisoblanadi. Rauf 1987-yil vafotigacha jamiyatga rahbarlik qilgan.

2012-yilda suratga olingan „In Search of Oil and Sand“ hujjatli filmi Bulent Raufning Misr qirollik oilasi aʼzolari va ularning doʻstlari bilan birga „Oil and Sand“ nomli havaskor filmini yaratishi haqida hikoya qiladi. Ushbu film 1952-yilgi Misr inqilobidan bir necha hafta oldin suratga olingan[1].

  1. „'Oil and Sand' Egypt's pre-coup royal home movie“. news.com.au. AFP (2012-yil 18-oktyabr). 2014-yil 31-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 31-dekabr.