Kontent qismiga oʻtish

Bulbul (Suriya)

Bulbul

بلبل
Qishloq
36°46′17.9″N 36°49′8.8″E / 36.771639°N 36.819111°E / 36.771639; 36.819111
Mamlakat Suriya
Muhofaza Halab
Okrug Afrin okrugi
Nohiya Bulbul
Aholisi
 (2004)
1 742[1]
Vaqt mintaqasi UTCEET +2; +3
Bulbul xaritada
Bulbul
Bulbul

Bulbul (arabcha: بلبل) — Suriya shimolidagi qishloq. Maʼmuriy jihatdan Halab muhofazasi tarkibiga kiradi. Halab shimoli-gʻarbida, Suriya — Turkiya chegarasi yaqinida joylashgan. Gʻarbda Maydan Ikbis, janubi-gʻarbda Rajo, janubda esa Maabatli bilan chegaradosh.

Bulbul Afrin okrugining Bulbul nohiyasi tarkibida.

Suriya Markaziy Statistika Byurosi (CBS) maʼlumotlariga koʻra, 2004-yil aholini roʻyxatga olishda Bulbul aholisi 1 742 kishini tashkil qilgan. Shaharcha, shuningdek, Afrin okrugiga qarashli Bulbul nohiyasining ma’muriy markazi hisoblanadi. Nohiya tarkibida jami Andoza:12573 nafar aholi istiqomat qiladigan 34 ta qishloq mavjud[1]. Turkiyaning Shimoliy Suriyani bosib olishda davom etayotgan demografik siyosati doirasida shaharda asl kurd oilalaridan atigi 15 tasi qolgani holda 340 ta yangi oila joylashtirildi. Bu yangi oilalarning barchasi suriya turkmanlaridir[2].

Etimologiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bulbul soʻzi arabcha بلبل, soʻzidan olingan boʻlib, arab, turk, fors va kurd tillarida bulbul qushini anglatadi[3].

Suriya fuqarolar urushi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2018-yil 3-fevralda Bulbul va Rajo hududlarida Suriya milliy armiyasi (SNA) bilan Suriya Demokratik kuchlari tarkibidagi kurd xalq mudofaasi boʻlinmalari (YPG) oʻrtasida qurolli toʻqnashuvlar yuz berdi. Bu voqealar kurdlar nazoratidagi Afrin shahrini qoʻlga kiritish maqsadida Turkiya harbiy aralashuvi fonida sodir boʻldi[4]. Qishloq oxir-oqibat Suriya milliy armiyasi nazoratiga o‘tdi.

  1. 1 2 General Census of Population and Housing 2004. Syria Central Bureau of Statistics (CBS). Aleppo Governorate. (arabcha)
  2. Rojava Information Center. “Turkey's Track Record: The Occupation of Afrin.” Rojava Information Center. Rojava IC, July 5, 2021. https://rojavainformationcenter.com/storage/2019/11/Turkeys-track-record-The-occupation-of-Afrin.pdf (Wayback Machine saytida 2023-05-31 sanasida arxivlangan) .
  3. Fishpool et al. (2005)
  4. „Syrian War Daily – 3rd of February 2018“. Syrian War Daily.