Bulatov Mitxat Sagadatdinovich

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bulatov Mitxat Sagadatdinovich (1907.18.4, Tobolsk) — meʼmor, tadqiqotchi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan binokor (1970). Meʼmorlik d-ri (1974). Leningrad muhandislik qurilish institutini bitirgan (1934). 1937 yil Toshkentga kelib, shahardagi koʻpgina maʼmuriy, turar joy binolarini loyihalashda qatnashgan. Toshkent shahri bosh meʼmori (1940—64). Oʻzbekiston Meʼmorlar uyushmasi boshqaruvining raisi (1955—64). 1964 yildan Hamza nomidagi Sanʼatshunoslik i. t. institutida ilmiy xodim, zamonaviy meʼmorlik boʻlimi mudiri (1967—91). Samarqand (1937—38), Fargʻona, Qoʻqon, Kogon. Yangi Urganch (1938—39), Toshkent (1952—54)ni rekonstruksiya qilish bosh rejasi muallifi. Asosiy ishlari: "Paxtakor" stadioni (1953—57), "Toshkent" mehmonxonasi (1955—57), Samarqanddagi Navoiy va Jomiy haykali (1970, hamkorlikda), Samarqanddagi Ulugʻbek rasadxonasini qayta tiklash loyihasi (1981, A. Asanov bilan) va boshqa

Manbalar[tahrir]

  • Geometricheskaya garmonizatsiya v arxitekture Sredney Azii IX—XV vv., M., 1978.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil