Kontent qismiga oʻtish

Bulanjerit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bulanjerit (fransuz mineralogi Sh. Bulanje nomi bilan atalgan, 1849) – mineral. Kimyoviy formulasi Pb5Sb4SM. Monoklin singoniyali. Uzun ignasimon va koʻpincha tolasimon yoki shuʼlasimon tuzilishli agregatlar. Rangi kumushsimon kulrang, metallsimon yaltiraydi. Qattiqdigi 2,5—3. S.ogʻ. 5,8— 6,2. B. murakkab polimetall formatsiyalarning rudali tomirlarida uchraydi. B. konlari Rossiya Federatsiyasi (Ural), Ukraina (Donbass), Fransiya, Shvesiya, Chexiya, AQSH va Germaniyada topilgan. Oʻzbekistonda B. polimetall (Olmaliq, Yongʻoqli), vismut (Ustasaroy), margimush (Burchmulla), molibden (Chavata) konlaridan topilgan. B. ikkinchi darajali qoʻrgʻoshin rudasi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil