Yemilian Bukov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Bukov Yemilian Nesterovichdan yoʻnaltirildi)
Yemilian Bukov
rumincha: Emilian Radu Bucov
Tavalludi 26 iyul (8-avgust) 1909
Vafoti 17-oktyabr 1984
Fuqaroligi SSSR va Kingdom of Romania[1]

Yemilian Nesterovich Bukov (rumincha: Emilian Radu Bucov; 1909.27.7 Janubiy Bessarabiya – 1984.17.10) — Moldova xalq yozuvchisi (1982). Buxarest universitetini tugatgan (1936). Ilk ijodida jamiyat keskin tanqid qilingan, inqilobiy kurash ruhi kuchli ("Mehnat qaynaydi", 1932; "Quyosh nutqi", 1937; "Xitoy", 1938 va boshqa sheʼrlar toʻplamlari). Keyinchalik Bukov vatanni, moldovanlar hayotidagi oʻzgarishlarni kuylagan ("Men seni koʻryapman, Moldova", 1942; "Dnestrda bahor", 1944; "Mening mamlakatim", 1947 va boshqalar). "Bugun va erta" (1965) sheʼrlar toʻplami, "Reut shahri" (1965) sheʼriy roman, "Qalb uchqunlari" (1965) hikoyalar toʻplami hamda "Magistral" (1969) romani bor. "Ona" hikoyasi, "Yoshlarga", "Aprel", "Bugun va erta", "Oʻtmish va istiqbol" sheʼrlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan. Moldova davlat gimnining muallifi (hamkorlikda).[2]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. (unspecified title)
  2. "Bukov Yemilian Nesterovich" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil