Buharin Nikolay Ivanovich

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Buharin Nikolay Ivanovich (1888-1938) — siyosiy arbob, akad. (1928). Rossiyadagi 1905—07 va 1917 y.gi (okt.) inqiloblar ishtirokchisi. 1917—18 y.larda "so‘l kommunistlar" yetakchisi. 191829 y.larda "Pravda", 193437 y.larda "Izvestiya" gaz.lari muharriri. 1917—34 y.larda partiya MK a’zosi (1934—37 y.larda a’zolikka nomzod). 1924—29 y.larda MK Siyosiy byurosi a’zosi. 20-y.lar oxirida q.x.ni jamoalashtirish va industriyalashni o‘tkazishda favqulodda choralar qo‘llanilishiga qarshi chiqdi, bu esa "VKP(b)da o‘ng og‘machilik" deb e’lon qilindi. B. falsafa va siyosiy iqtisod fanlari buyicha asarlar muallifi. 1938 y. mart oyida sovetlarga qarshi "o‘ng trotskiychi blok" deb atalgan ish buyicha qatag‘on qilingan, ulimidan keyin oqlangan (1988).

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil