Bugʻdoyiq duragaylari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Bug‘doyiq duragaylaridan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Bugʻdoyiq duragaylari — bugʻdoyni bugʻdoyiq bilan duragaylashdan hosil boʻlgan bugʻdoyning yangi turlari, formalari va navlari. Birinchi marta akad. N. V. Sitsin tomonidan 20-asrning 30—50- yillarida yumshoq bugʻdoyni bugʻdoyiq bilan duragaylab, soʻngra duragaylararo chatishtirish va tanlash yoʻli bilan bugʻdoyning koʻp yillik bugʻdoy (Bugʻdoyiq duragaylari ssp. perenne) va bir yillik don —emxashak bugʻdoyi (Bugʻdoyiq duragaylari ssp. submittans) kenjaturlari boʻlgan yangi turi (Triticum agropyrotriticum) yaratildi. 70- yillarda koʻp yillik bugʻdoyning kalta poyali (yotib qolmaydi), ekilganidan keyin 2 va 3yili ham 70 va 50% gacha oʻsimliklari oʻsib hosil beradigan, sovuqqa va kasalliklarga chidamli, hosildor navlari (M706, M63, M78) yaratildi. Bir yillik don — yemxashak bugʻdoyi doni oʻribyigʻib olinganidan keyin yana oʻsib, yangi poyalar chikaradi, 1 ga maydondan 15—17 s don, qoʻshimcha 200 s koʻk massa (yoki uch oʻrimda qoʻshimcha 400—450 s koʻk massa) hosil beradi. Bugʻdoyiq duragaylari d. navlari hosildorligini oshirish boʻyicha ishlar davom ettirilmoqda.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Bugʻdoyiq duragaylari" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil